Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA SUD-HUQUQ MASALALARI BO’YICHA OMMAVIY QABULLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2022-04-21 21:21:47    71

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni o’rganish va ularni hal qilish maqsadida joriy yil 21-23 aprel kunlari Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo’mitasi rahbar xodimlari ishtirokida ommaviy qabullar bo’lib o’tmoqda.

Bugun Marg’ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog’ida Marg’ilon shahri, Toshloq va Quva tumanlari aholisi uchun, kunning ikkinchi yarmida Farg’ona shahridagi Yoshlar hiyobonida esa Farg’ona, Quvasoy shaharlari va Farg’ona tumani fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda Oliy sud raisi o’rinbosari Xalilullo To’raxo’jayev, Bosh prokuror o’rinbosari Svetlana Artikova, Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Yahyojon Abdulhakov, Sudyalar Oliy Kengashining sudyasi Bahrom Sobirov, viloyat hokimining o’rinbosarlari Xurshid Ahmedov va Komila Kavlanovalar, shahar va tumanlar sektor rahbarlari ishtirokida fuqarolarning sud-huquq masalalaridagi murojaatlari tinglandi, ular tegishliligicha o’rganildi. Aksariyat murojaatlar qabul davomida hal etildi, qolganlarining ijrosini ta'minlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi, tushuntirish talab etiladigan masalalar yuzasidan murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berildi.

Ommaviy sayyor qabullar ertaga, 22 aprel kuni soat 9:00da Qo’shtepa, Yozyovon va Oltiariq tumanlari aholisi uchun Qo’shtepa tumanidagi 1-IDUMda, Bag’dod, Rishton, Buvayda va So’x tumanlari aholisi uchun esa soat 14:00da Bag’dod tumanidagi Konizar nuroniylar bog’ida o’tkaziladi.

Bundan tashqari, 23 aprel kuni soat 9:00da O’zbekiston tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida O’zbekiston, Beshariq va Furqat tumanlari aholisi uchun, 14:00da Qo’qon shahridagi Yoshlar bog’ida Qo’qon shahri, Dang’ara va Uchko’prik tumanlari fuqarolari uchun ham sayyor qabul o’tkazilishi rejalashtirilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram