Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“XORIJIY TILLARNI O’QITISH BO’YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO’LIB O’TDI

×

 2022-04-21 21:36:47    103

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tanlovning shahar va tuman bosqichida faxrli birinchi o’rinni egallagan 19 ta maktab jamoalari ishtirok etishdi.

7-9-sinf o’quvchilaridan shakllantirilgan 5 nafar ishtirokchilardan iborat mazkur jamoalar tinglab tushunish (listening), yozish (writing), o’qish (reading) va leksik-grammatik ko’nikmalari bo’yicha umumiy 100 ballik mezonda bahs olib borishdi. Shaffoflikni ta'minlash maqsadida ustozlar va o’quvchilarning yaqinlari uchun jarayonlarni monitor orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Tanlov yakunida g’oliblarni tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi vakillari qatnashdilar.

Natijalarga ko’ra, 3-o’ringa munosib topilgan Marg’ilon shahridagi 11-maktab jamoasiga 150 million so’mlik, 2-o’rinni qo’lga kiritgan Oltiariq tumanidagi 1-IDUM jamoasiga 200 million so’mlik sertifikatlar topishirildi.

Farg’ona shahridagi 17-umumta'lim maktabi jamoasi esa 1-o’rinni egalladi va 250 million so’m miqdorida Prezident sovrini bilan mukofotlandi. Jamoa endilikda avgust oyida bo’lib o’tadigan tanlovning Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram