Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI ERONNING “MR.FISH” KOMPANIYASI RAHBARI SHAFI G’ULOM RIZO HAMDA INVESTOR KATAYUN BEHZADINI QABUL QILDI.

×

 2022-04-22 12:09:25    76

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati va Eron Islom Respublikasi o’rtasida iqtisodiy-investitsiyaviy, ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi.

Muloqot chog’ida viloyat hokimligi, “Mr.Fish” kompaniyasi hamda Erondagi dunyoning eng yirik oltinchi universiteti – bir milliondan ziyod talabaga ega, jahonning barcha nufuzli reytinglarida kuchli 500 talikda muqim o’ringa ega Azad University bilan hamkorlikda Farg’onada oliy ta'lim muassasasi tashkil etish masalasi muhokama etildi. 

Farg’ona viloyatida ro’yxatdan o’tgan, Farg’ona hamda Toshkent shahrida kempuslariga ega bo’lgan aniq fanlar, axborot texnologiyalari, iqtisod, fundamental fanlar, qishloq xo’jaligi yo’nalishlarida faoliyat yuritadigan “Azad University” oliy ta'lim muassasasini tashkil etish bo’yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Shuningdek, viloyat hokimligi va “Mr.Fish” kompaniyasi o’rtasida Qoraqalpog’istonning Farg’ona viloyatiga biriktirilgan Bo’zatov tumanida dorivor giyohlar yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni to’la qayta ishlash loyihasi bo’yicha kelishuv imzolandi. 2022 yilda birinchi bosqichda 500 gektar maydonda 2 million dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya yo’naltirish orqali amalga oshiriladigan ushbu loyiha doirasida 160 nafar doimiy, 500 nafar mavsumiy ish o’rni shakllantiriladi. Keyingi yillarda ikkinchi bosqichda yana 4500 gektar maydonda loyihani kengaytirish yo’lga qo’yiladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram