Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


JORIY YIL YAKUNIGA QADAR VILOYATIMIZ BO’YICHA AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH UCHUN JAMI BIR MILLION DONA ZOTLI PARRANDA TARQATILADI

×

 2022-04-24 12:17:09    79

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aholi bandligini ta'minlash uchun chorva va parrandalar tarqatish tajribasi yo’lga qo’yildi.

Ushbu tashabbus ijrosi doirasida Farg’ona viloyatida ham barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, shuningdek, o’z-o’zini band qilish istagidagi aholiga mini-inkubatorlar, tovuqlar tarqatilmoqda. Afzallik tomoni shundaki, ehtiyojmand oilalarga subsidiya va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 14 foizlik imtiyozli kreditlar asosida yetkazib berilmoqda.

Yangi ish boshlagan mahalladagi hokim yordamchilari uyma-uy yurish orqali har bir xonadonning ehtiyojlari, takliflarini o’rganib, daromad topishiga ko’maklashmoqda. 

Yil yakuniga qadar, viloyatimiz aholisiga jami 1 million dona zotli parranda yetkazib berish maqsad qilib olingan.

Joriy yil 1-yarim yilligida Belorus davlatidan olib kelib tarqatilayotgan «Lohmann Brown» zotli tovuqlar soni 500 mingtaga yetadi.

Shuningdek, viloyatimizda parranda ko’paytirishni keng yo’lga qo’yish maqsadida, viloyat hokimining ko’rsatmasiga asosan barcha shahar va tumanlarda umumiy quvvati 850 mingdan ortiq bo’lgan jami 1 118 ta mini-inkubator tashkil etildi.

Hozirgacha viloyat bo’yicha 1000 dan ortiq xonadonlarga 120 mingta zotli parranda yetkazib berildi.

Misol uchun, birgina Buvayda tumanining o’zida 100 ta xonadonga 7000 ga yaqin parranda tarqatildi. Bugun, 23 aprel kuni ham tumanning Ponsod, Tog’liq va Bumozor mahallalaridagi xonadonlarga bir yarim mingta tovuq topshirildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram