Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADAN ROSSIYANING SVERDLOVSK VILOYATIGA MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI EKSPORTI HAJMI OSHADI

×

 2022-04-24 20:18:06    317

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Agrosanoat majmui va iste'mol bozori vaziri Artyom Baxterev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

“Rosselxoznadzor” Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmatining Sverdlovsk hududiy nazorat inspektsiyasi rahbari o’rinbosari Svetlana Terexovaning ham ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuv kun tartibidan Farg’onadan Sverdlovsk viloyatiga meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini oshirish hamda turini ko’paytirish masalalari o’rin oldi. 

Uchrashuvda Rossiyaning eng yirik hududlaridan biri bo’lgan Sverdlovsk viloyati o’z ehtiyoji uchun zarur bo’lgan sabzavotlarning 60 foizini hamda mevalarning 80 foizini xorijdan import qilishi qayd etilib, bu borada mavjud bozor imkoniyatlaridan o’zaro manfaatli asosda foydalanish muhokama qilindi. 

Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini “Yashil yo’lak” tizimi orqali soddalashtirilgan tartibda eksport qilish masalalari, bu tartibni yanada takomillashtirish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

Artyom Baxterev ikki viloyat o’zaro savdo hajmini yanada oshirish maqsadida Sverdlovsk viloyatidan Farg’onaga uzoq muddat saqlanuvchi sut mahsulotlari, sabzavot ekin urug’lari, o’simlik yog’i, parrandachilik mahsulotlari, shuningdek zotli hayvon urug’lari yetkazib berish imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.

Tomonlar shuningdek, veterinariya sohasida hamkorlik qilishga ham kelishib oldilar.

Mehmonlar tashrif dasturi doirasida ertaga viloyatimizdagi yirik meva-sabzavot klasterlari va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida, muzlatgichli meva-sabzavot saqlash omborlarida bo’lishadi, sohada amalga oshirilgan yangi loyihalar bilan tanishadilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram