Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“INNOPROM. MARKAZIY OSIYO” XALQARO SANOAT KO’RGAZMASINING IXTISOSLASHTIRILGAN SESSIYASIDA FARG’ONA VILOYATI TAQDIMOTI O’TKAZILDI

×

 2022-04-27 11:45:47    62

PDF yuklash
Chop etish


Toshkentdagi “O’zekspomarkaz” Milliy ko’rgazmalar majmuasida 25 aprel kuni boshlangan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko’rgazmasining biznes dasturi doirasida tashkil etilgan “Hududiy sanoat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish: hamkorlik formatlari, eng yaxshi amaliyotlar, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash choralari” mavzusidagi ixtisoslashtirilgan sessiyada Farg’ona viloyati iqtisodiy-investitsion salohiyatining taqdimoti o’tkazildi.

O’zbekiston, Rossiya, Belorus, Vengriya, Frantsiya, Qozog’iston va boshqa davlatlardan 700 dan oshiq ishlab chiqarish kompaniyalari va biznes delegatsiyalari, rasmiylar ishtirokida bo’lib o’tayotgan xalqaro ko’rgazmaning biznes-anjumanida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Farg’ona viloyatida so’nggi yillarda olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari, viloyatning ulkan iqtisodiy-investitsion va turistik salohiyati, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar haqida batafsil ma'lumot berdi.

O’zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o’rinbosari Olimxon Rustamov, Rossiya sanoat va savdo vaziri o’rinbosari Aleksey Besprozvannыx, Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish bo’yicha vaziri o’rinbosari Anatoliy Bobrikov, ishtirokchi davlatlar hududlari rahbarlari hamda ishbilarmonlari ishtirokida bo’lib o’tgan ushbu sessiyada Farg’ona viloyatining texnologik o’sish makoni sifatidagi istiqbollari yuqori baholandi.

Bugun o’z ishini yakunlaydigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko’rgazmasidan ko’zlangan maqsad ham sanoat sohasidagi eng yangi texnologiyalar va ishlanmalarni targ’ib qilish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o’rnatish, bitimlar tuzish va natijada sanoat kooperatsiyasi bo’yicha yangi loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram