Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A'ZO DAVLATLAR MILLIY KOORDINATORLARI FARG’ONADA BO’LIB O’TAYOTGAN KENGASH YIG’ILISHI (SHHT MKK) YUQORI SAVIYADA TASHKIL ETILGANINI E'TIROF ETISHDI

×

 2022-04-28 11:52:15    62

PDF yuklash
Chop etish


Xabar berganimizdek, Farg’ona shahrida O’zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi (ShHT MKK)ning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tmoqda. Yig’ilish ishtirokchilari matbuotga bergan intervyularida (https://dunyo.info/cyrl/site/inner/sh%D2%B3t_milliy_koordinatorlari_ozbekistonning_tashkilotdagi_samarali_raisligini_qollab-quvvatlamoqda-vhq) majlisda ko’rilayotgan masalalarning ahamiyati va ushbu tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganini ta'kidlamoqda.


Ali YErlik, Qozog’iston milliy koordinatori:

- O’zbekiston raisligining harakatlar algoritmi samarali ishlab chiqilgan va ular o’z vaqtida amalga oshirilmoqda. Ekspertlar uchrashuvlaridan tortib vazirliklar o’rtasidagi barcha tadbirlar mazmuni va tashkil etilishi jihatidan juda yuqori darajada o’tkazilmoqda. Asosiysi, ular aniq natijalarga erishishga qaratilgan.


Kazibek Qo’chqonov, Qirg’iziston milliy koordinatori:

- O’zbekiston Shanhay hamkorlik tashkilotiga raislik dasturini ishlab chiqishga o’ta mas'uliyat bilan yondashdi. Nukus, Buxoro va Farg’onada tashkil etilgan barcha tadbirlarga a'lo darajadagi tayyorgarlik ko’rildi. Aytish mumkinki, O’zbekiston raisligi ShHT tadbirlarini o’tkazish uchun sifat jihatidan yangi yondashuvni joriy etdi. Ya'ni O’zbekiston ilk marotaba ushbu tadbirlarni hududlarda o’tkazish amaliyotini boshlab berdi. Bu ShHTga a'zo davlatlar vakillariga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli o’zgarishlarni bevosita ko’rish imkonini beradi. Farg’onaliklar boy dastur bilan bizni qarshi oldi.


Ahmad Saidmurodzoda, Tojikiston milliy koordinatori:

- Shanxay hamkorlik tashkilotining o’zbek qardoshlarimiz raisligida o’tkazilayotgan barcha tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta'kidlashni istardim. ShHT MKKning Farg’onadagi uchrashuvi ham bundan mustasno emas, albatta. O’zbekiston raisligida milliy koordinatorlarning samarali mehnat qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram