Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN 2 KUNLIK MALAKA OSHIRISH SEMINARI BOSHLANDI

×

 2022-04-28 12:57:21    70

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish yo’llari” mavzusida hokim yordamchilari uchun malaka oshirish seminari boshlandi. Unga Farg’ona shahri va yaqin hududlardan jami 205 nafar hokim yordamchilari jalb etildi.

Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 19 aprel kuni kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatimizda faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan hokim yordamchilarining bilim va ko’nikmalarini oshirish uchun qator o’quv-seminarlar yo’lga qo’yilishi belgilandi.

Bugungi seminar avvalida Prezidentimizning tegishli qaror va farmonlari talablari ijrosini ta'minlash uchun viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Xususan, viloyatimizda 1055 ta mahallalarga tayinlangan hokim yordamchilari tomonidan jami 759,2 ming xonadonlar to’liq xatlovdan o’tkazilib, “Onlayn mahalla” (www.online-mahalla.uz) platformasiga kiritilgan.

2022 yilning 1-chorak natijalari bo’yicha viloyatdagi hokim yordamchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko’rsatkichlari 0 dan 100 ballgacha tizim bo’yicha baholandi.

Viloyat bo’yicha Bag’dod tumani Chekxitoy MFYdagi hokim yordamchisi Nurmat G’oziyev faoliyati 98.18 ball bilan eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgani ma'lum qilindi. Shu bilan birga, yetarli darajada ish tashkil etmagan hokim yordamchilari faoliyatiga tanqidiy e'tibor qaratildi.

Tashkil etilgan 2 kunlik seminarga oliy ta'lim muassasalari o’qituvchilari, mutaxassislar ham taklif etilib, ular tomonidan ishtirokchilarga o’z faoliyatlarini samarali tashkil qilish bo’yicha zarur tavsiya va yo’riqnomalar berilmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram