Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEK MA'RIFATPARVARI, QATAG’ON QURBONI ASHURALI ZOHIRIY HAYOTI VA MEROSI O’RGANILMOQDA

×

 2022-04-28 20:22:24    98

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahrida “Ashurali Zohiriy – o’zbek ma'rifatparvari” mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Farg’ona viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi, Qo’qon davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda olimlar, ma'naviyat targ’ibotchilari, sulola vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Yurtimizda ilk bor “O’zbek tili” darsligini yaratgan atoqli olim, jurnalist va tarjimon, jamoat arbobi Ashurali Zohiriy butun umrini el-yurtni, millatimizni ma'rifatli va madaniyatli qilishga bag’ishlagan. 1937 yili “xalq dushmani” sifatida qatag’on qurboni bo’lgan bu betakror insonning xotirasini munosib qadrlash, nomini abadiylashtirish muhim vazifalardan sanaladi.

Prezidentimiz 2021 yil 28 sentyabr kuni Farg’ona viloyati saylovchilari bilan o’tkazilgan uchrashuvda bu borada aniq topshiriqlar bergan edi. Mazkur anjuman jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Ashurali Zohiriy hayoti va merosini kengroq targ’ib etish va o’rganish maqsadida tashkil etildi.

Viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov, viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, Qo’qon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xo’jayeva mamlakatimizda qatag’on qurbonlari bo’lgan ziyolilarning xotirasini qadrlash va nomini abadiylashtirish borasidagi ishlar xususida so’z yuritdi. Ashurali Zohiriy Farg’onada ziyo targ’ibotchilaridan biri, fidoyi pedagog, elning ertasi uchun xizmatga bel bog’lagan ma'rifatparvar inson sifatida tilga olinishi qayd etildi.

Darhaqiqat, Ashurali Zohiriy Qo’qon adabiy muhiti ta'sirida o’zbek adabiyotshunosligi rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan olimlardan biridir. O’zbek mumtoz adabiyotining nodir namunalarini xalqqa yetkazishda alohida jonbozlik ko’rsatgan. Uning o’zbek jurnalistikasi-ning rivojida ham xizmati katta. “Sa¬doi Farg’ona”, “Xalq gazeti”, “Mehnat bayrog’i”, “Farg’ona”, “Yangi Farg’ona” gazetalarida adabiy xodim bo’lib ishlab, matbuot tilini shakllan¬tirish, insonlarga ma'rifat ulashish faoliyati bilan shug’ullangan. Bir so’z bilan aytganda, Ashurali Zohiriy milliy uyg’onish davrining taniqli ma'rifat¬parvar ziyolisidir. U o’zining bor bilim va im¬koniyatini xalqni ma'rifat bilan tarbiyalash, milliy ta'lim tizimini joriy etish, o’zbek tilini takomillashtirish va qadrini oshirishga bag’ishlagan.

Institut professor-o’qituvchilari qatag’on qurboni bo’lgan ma'rifatparvar insonning hayoti va ijod yo’li, uning yaratgan asarlari, millatimiz ravnavi yo’lida amalga oshirgan ishlari haqida ma'ruzalar qildi. Tadbirda viloyat Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tomonidan nashr etilgan “Ashurali Zohiriy – yurt va millat fidoyisi” nomli kitob taqdimoti o’tkazildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram