Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 147 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA-KOREYA HAMKORLIGINING O’ZARO MANFAATLI YANGI SAHIFALARI OCHILADI

×

 2022-04-28 20:31:36    65

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev va Koreya Respublikasi elchixonasining birinchi kotibi Xo Inso o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Muloqot davomida davlatlar o’rtasida iqtisodiyot, turizm, madaniyat va yana bir qator sohalarda hamkorlik aloqalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda joriy yil mart oyi boshida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi tomonidan Koreyaga amalga oshirilgan tashrif doirasida imzolangan hujjatlar ijrosi muhokama qilindi.

Jumladan, Farg’ona va Yongin shahri oliy ta'lim muassasalari o’rtasida o’zaro aloqalar o’rnatish, shaharsozlik infratuzilmasi hamda turizm ob'ektlarini barpo etish va ommalashtirish yo’nalishlarida tajriba almashinishga kelishib olingani va kelgusida ushbu shahar bilan hamkorlikni jadallashtirish bo’yicha ham takliflar bildirildi.

Koreya Respublikasi elchixonasi vakillari tashrif davomida viloyatda faoliyat yuritayotgan Koreya korxonalari, istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari bilan uchrashuvlar o’tkazish, ularning ishlash va yashash sharoitlari bilan tanishishlari ham rejalashtirilgan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram