Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’X TUMANINING ENG YAXSHI SEKTOR RAHBARI, MAHALLA RAISI, HOKIM YORDAMCHISI, XOTIN-QIZLAR FAOLI VA YOSHLAR YETAKCHISI AVTOMOBILLAR BILAN MUKOFOTLANDILAR

×

 2022-06-05 12:07:06    87

PDF yuklash
Chop etish


Kecha So’x tumanida bo’lib o’tgan bolalar sog’lomlashtirish oromgohining tantanali ochilish marosimi So’x tumanidagi 27 ta mahalla, Farg’ona tumanidagi “Shohimardon” va “Yordon” mahallalari hamda Rishton tumanining “Cho’ng’ara” mahallasidagi mas'ullar o’rtasida tashkil etilgan “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi xotin qizlar faoli”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” tanlovlari g’oliblarini taqdirlash tadbiriga ulanib ketdi.

Shu o’rinda ta'kidlash zarurki, mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo’yicha samarali hamkorlik tizimi joriy etilgan bo’lib, bugun ushbu tizim o’z ijobiy samarasini bermoqda. Mazkur tanlovlar ham aholi muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” o’rganish va ularni hal etishga ko’maklashish, “Ayollar daftari” tizimi samaradorligini ta'minlash hamda ayollarning muammolarini hal etishda o’zining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna ko’rsatgan mas'ullarni munosib rag’batlantirish maqsadida o’tkazildi.

“Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” tanlovlarida 3-o’rinni qo’lga kiritgan g’oliblarning har biriga diplom va 20 million so’mdan pul mukofotlari, 2-o’rinni egallagan ishtirokchilarning har biriga diplom va 30 million so’mdan pul mukofotlari topshirildi.

“Eng yaxshi sektor rahbari” (2-sektor – tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov), “Eng yaxshi mahalla raisi” (Fayozidin Tojidinov – Qalacha MFY), “Eng yaxshi hokim yordamchisi” (Ilhomjon Ikromov – Rovon MFY), “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” (Nargiza Dodoxonova – Chumoqcha MFY), “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” (Shohijahon Rahimberdiyev – Sharqobod MFY) tanlovlarida 1-o’rinni qo’lga kiritgan g’oliblarning har biriga diplom va Prezident sovg’asi – avtomobillar kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu tanlov joriy yil 7 aprel kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan birga So’x tumani madaniyat markazida tumandagi 27 ta MFY raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda faoliyatini boshlagan xotin-qizlar faollari, shuningdek jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvida e'lon qilingandi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram