Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VODIY HUDUDIDA OZARBAYJON UROLOGIYA MARKAZI BARPO ETILISHI REJALASHTIRILMOQDA

×

 2022-06-09 19:29:55    125

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ozarbayjonlik taniqli urolog-jarroh, transplantolog, olim Rashad Sholanni qabul qildi. Oliy Majlis Senati a'zosi, “ANAMED” xususiy diagnostika markazi direktori Nosirbek Abdullaxonov tashabbusi bilan o’tkazilgan uchrashuv, O’zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.

Doktor Rashad Sholan qabul uchun minnatdorlik izhor qilib, Farg’ona vodiysi aholisi uchun yuqori sifatli urologik tibbiy xizmatlar ko’rsatuvchi markaz qurish istagi bilan viloyatga tashrif buyurganini ma'lum qildi. Ushbu markazda respublikamizning 3 ta vodiy viloyatlari, shuningdek, Qirg’iziston va Tojikistonning chegaradosh viloyatlari aholisi uchun buyrak ko’chirish amaliyotiga bo’lgan barcha tibbiy xizmatlar yo’lga qo’yilishi, bolalar urologik kasalliklarini davolash amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.

Hozirgi kunda dunyoda urologiya sohasida yetuk kadrlarga ehtiyoj yuqori ekanligini hisobga olib, tashkil etiladigan markazda mahalliy mutaxassislar uchun mahorat sinflari, malaka oshirish amaliyoti tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlarining birida joy tanlanib, markaz qurish ishlari boshlanishi kutilmoqda. Doktor Rashad Sholan O’zbekistonga foyda olish uchun emas, balki odamlarni kasalliklardan forig’ qilish maqsadida kelganligini aytdi. Boshqa xorijiy klinikalardagi yuqori malakali mutaxassislardan farqli ravishda, doktor Rashad har oyning kamida 10-15 kunini mamlakatimizda tashkil etiladigan klinikada o’tkazishni maqsad qilgan.

Viloyat hokimi doktor Rashadning taklifini qo’llab-quvvatlab, Farg’ona viloyatida bunday markazning tashkil etilishi uchun barcha shart-sharoit yaratib berilishini ma'lum qildi.

Shu kunning o’zida doktor Rashad Sholan Farg’ona shahridagi "Biotest" klinikasida beg’araz asosda 3 nafar bemor bolaning murakkab urologik jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram