Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA HAPKIDO BO’YICHA OSIYO OCHIQ CHEMPIONATI START OLDI

×

 2022-07-01 21:50:13    77

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Samo” sport majmuasida hapkido sport tyri bo’yicha Osiyo ochiq chempionatining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Jamshed Xatamov, Xalqaro Hapkido federatsiyasi prezidenti O Se Lim, Koreya Hapkido federatsiyasi vitse-prezidenti Kim Bom Chul hamda bosh sekretari Sun Duk Be, O’zbekiston hapkido federatsiyasi raisi Muzrob Nasrullayev qatanshdi.

Farg’ona viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Hapkido federatsiyasi hamkorligida kattalar, yoshlar va o’smirlar o’rtasida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqa avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Jamshed Xatamov, yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida jismoniy madaniyatni oshirishga, yigit-qizlar salomatligini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlab, keyingi yillarda Farg’ona katta sport musobaqalariga mezbonlik qilayotgani, xususan, viloyatimizda o’tgan yilda 20 ta xalqaro hamda 35 ta Respublika darajasidagi musobaqalar o’tkazilgan bo’lsa, joriy yilning o’tgan davrida 15 ta xalqaro va 18 ta Respublika musobaqalari tashkil etilganini qayd etdi.

Jamshed Xatamov Hapkido bo’yicha birinchi marotaba nufuzli Osiyo chempionatining Farg’onada o’tkazilishini qo’llab-quvvatlagan Xalqaro Hapkido federatsiyasi prezidenti O Se Limga viloyat hokimligi nomidan minnatdorchilik bildirdi. Hapkido Federatsiyasi mamlakatimizda 2010 yilda, Farg’onada 2017 yilda tashkil topgani, yurtimizda yuzdan ortiq murabbiylar ushbu sport turining sir-asrorlarini yoshlarimizga o’rgatayotgani aytib o’tildi.

Ochilish tadbirida so’z olgan nufuzli mehmonlar o’tkazilayotgan sport musobaqalari davlatlaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etishdi.

Yurtimiz vakillaridan tashqari, Koreya, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Armaniston, Belarus, Isroil, Hindiston, Nepal, Shri-Lanka kabi davlatlardan qariyb 400 nafar sportchilar ishtirok etayotgan ikki kunlik sport musobaqalari ochiq deb e'lon qilindi. Xorijlik hapkido ustalari ishtirokida ko’rgazmali chiqishlar ham tashkil etildi.

Hapkido bo’yicha Osiyo ochiq chempionatining dastlabki kun g’oliblari aniqlanib, musobaqa medallari va diplomlar topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram