Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“NEFTCHI” JAMOASIGA YANGI BOSH MURABBIY VA BOSH DIREKTOR TAYINLANDI

×

 2022-07-02 23:12:28    67

PDF yuklash
Chop etish


Tojikiston futboli flagmani – Dushanbening “Istiqlol” jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan Vitaliy Levchenko “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Levchenko bu lavozimda iste'foga chiqqan Ilhom Mo’minjonov o’rnida ish boshlaydi. 

Bugun Viloyat hokimi, viloyat futbol federatsiyasi rahbari Xayrullo Bozorov, Farg’ona shahar hokimi, “Neftchi” klubi prezidenti Vosiljon Nazarov ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda “Neftchi” jamoasining yangi bosh murabbiyi jamoaga va muxlislarga tanishtirildi.

Viloyat hokimi “Neftchi” jamoasining birinchi davrada muxlislar kutgan natijani qayd etmaganiga e'tibor qaratib, yangi bosh murabbiyga jamoaga yangicha ruh, shijoat olib kirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.

UYEFA Pro litsenziyasiga ega 50 yoshli Vitaliy Levchenko tojik futbolining tarbiyalanuvchisi bo’lsada, asosiy futbolchilik faoliyati Ukrainada (“Dinamo” K, TsSKA, “Tavriya” jamoalari) hamda Rossiyada (“Volgar”, “Dinamo” St, “Spartak” (Kostroma) va “Ural” jamoalari) o’tgan. Bir mavsum Xitoyning "Chanchun" klubi sharafini ham himoya qilgan. Tojikiston terma jamoasida 9 ta o’yinda maydonga tushgan.

2005 yildan murabbiylik faoliyati bilan shug’ullanib keladi. Ukrainaning “Knyaja”, “Arsenal”, “Desna”, “Ednist” jamoalarida, Ukraina yoshlar terma jamoasida murabbiylik qilgan. Tojikiston terma jamoasi murabbiyi, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Tojikistonning, “Barkchi”, “Xo’jand” jamoalarida bosh murabbiy, Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasida murabbiy bo’lgan. 2020 yildan Dushanbening “Istiqlol” jamoasini boshqarib keladi. 2021 yili OFK Chempionlar Ligasidagi debyut mavsumida guruh bahslarida birinchi o’rinni egallab, jamoasini 1/8 finalga olib chiqqan.

Bugun marosimda shuningdek, Muhsinjon Mehmonov iste'foga chiqarilgan Zohidjon G’ofurov o’rniga “Neftchi” klubining yangi bosh direktori sifatida tanishtirildi. Saidabzal Abdullayev esa “Neftchi” jamoasining matbuot xizmati yangi rahbari bo’lib ish boshladi.

Ma'lumot o’rnida, "Neftchi" futbol klubi 2022 yil Superliga uchrashuvlarida o’z imkoniyatlaridan oqilona foydalana olmay, ketma-ket mag’lubiyatlarga uchraganligi va turnir jadvalida oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolganligi, rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlay olmaganligi bois, jamoa bosh direktori Zohidjon G’ofurov hamda bosh murabbiy Ilhom Mo’minjonov o’z arizalariga binoan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilib, iste'foga chiqarildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram