Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KASB-HUNAR MAKTABLARIGA QABUL BOSHLANDI

×

 2022-07-04 16:17:52    189

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda 2022-2023 o’quv yili uchun kasb-hunar maktablariga qabul jarayoni boshlandi. Bu yil viloyatimizdagi 32 ta kasb-hunar maktablariga 37 ta yo’nalishdagi kasb-hunar bo’yicha umumta'lim maktablarining 9-sinfini bitirgan 7990 nafar o’quvchilarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Ta'kidlash kerak, bugungi kunga qadar umumta'lim maktablari va kasb-hunar maktablari hamkorligida o’quvchilarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash va kasbga yo’naltirish maqsadida ochiq eshiklar kuni, uchrashuvlar hamda turli tadbirlar o’tkazildi. O’tkazilgan tadbirlarda o’quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokini ta'minlash natijasida 12 ming nafardan ortiq o’quvchilar kasb-hunar maktablarida o’qish istagini bildirgan.

Furqat tumanidagi kasb-hunar maktabida qabul jarayoni namunali tarzda tashkil etilmoqda. Ta'lim muassasasida o’qish istagini bildirgan o’quvchilar o’z ota-onalari yoki maktab psixologi hamrohligida kelishib, hujjatlarini topshirishmoqda. 

– Bu yil maktabimizga 4 ta yo’nalish bo’yicha 210 nafar o’quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Tashrif buyuruvchilar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Qabul komissiyasi a'zolari ular bilan bafurja suhbatlashib, o’quvchilar qiziqqan yo’nalish uchun hujjatlarni qabul qilib olishyapti, – deydi kasb-hunar maktabi direktori Shahzodaxon Abdullayeva. 

Vazirlar Mahkamasining 715-sonli qaroriga asosan, kasb-hunar maktablariga 1-20 iyul kunlari joriy yilda umumta'lim maktablarining 9-sinfini bitirgan o’quvchilar o’zlari tanlagan kasblar bo’yicha hujjat topshirishlari mumkin. Shuningdek, qabul jarayoni onlayn tarzda ham amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, o’quvchilar masofadan turib hujjatlarini topshirishlari mumkin.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram