Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’X TUMANIDA QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI BATKEN TUMANINING MADANIYAT KUNLARI DOIRASIDA “SAN'AT – DO’STLIK KO’PRIGIDIR!” SHIORI OSTIDA TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2022-07-07 16:08:25    88

PDF yuklash
Chop etish


Do’stlik kechasida qo’shni davlatning vakillari, madaniyat va san'at namoyandalari ishtirok etdi. Mehmonlar tumandagi madaniyat saroyida Qirg’iziston Respublikasi vakillari tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmani tomosha qildi. Tadbir ishtirokchilariga qirg’iz millatiga mansub musiqa asboblari, uy-ro’zg’or buyumlari haqida ma'lumotlar berildi.

Madaniyat kunlariga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirda so’z olgan So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va Qirg’iziston Respublikasi Batken tumani hokimi Uchkunbek Jorobayev ikki qardosh xalq do’stligi va o’zaro qo’shnichilik munosabatlari ming yillardan beri davom etib kelayotgani, ikki qo’shni millatning bozori ham, mozori ham bir ekanini ta'kidladi. Ikki davlat o’rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, adabiyot va san'at, madaniy, transport va boshqa sohalaridagi hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotganligi qayd etildi.

Ikki qardosh tuman rahbarlari tomonidan 2022 yilning ikkinchi yarmiga mo’ljallangan o’zaro hamkorlik, do’stlik, qo’ni-qo’shnichilikni mustahkamlashga qaratilgan hujjat – hamkorlik memorandumi imzolandi. Tuman rahbarlari kelgusida mustahkam hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.

Tadbir davomida Qirg’iziston Respublikasi Prezidentining chegara masalalari bo’yicha Batken viloyatidagi vakili Mamarchan Rahimov, Qirg’iziston Respublikasi Prezidentining Batken viloyatidagi vakilining birinchi o’rinbosari Marufxan Tulayev o’zbek-qirg’iz xalqlarining do’stlik aloqalari mustahkamlanayotgani xususida so’z yuritdi. 

Qirg’izistondan kelgan san'at ustalari ijrosidagi do’stlikni tarannum etuvchi ko’y-qo’shiqlar yangradi. “Qarindas” qo’shig’idan boshlangan do’stlik kechasi “Lazgi” va “Nahori nashta”ning qirg’izcha talqini bilan davom etdi. 

Yaqin kunlarda Qirg’iziston Respublikasi Batken tumanida ham So’x tumanining madaniyat kunlari bo’lib o’tadi.

So’x tumani hokimligi axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram