Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 228 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROVNING BOLALARDA ONKOGEMATOLOGIK KASALLIKLARNING PROFILAKTIKASI, KELIB CHIQISH SABABLARI, OQIBATLARI HAMDA ULARNI DAVOLASH BO’YICHA FARG’ONA VILOYATIDA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR TO’G’RISIDA MUROJAATNOMASI

×

 2022-07-08 16:03:45    74

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz otaxon va onaxonlar hamda yoshlarimiz!

Sog’lik-salomatlik – har bir insonning eng katta boyligi, ekanligi hammamizga ma'lum. Fuqarolar, jamiyat salomatligi esa har bir davlat, mamlakat rivojining asosiy omili hisoblanadi. Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish, sog’lom turmush tarzini yaratish hamda xalqimizning salomatligini mustahkamlash borasida tizimli ishlar va katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

So’nggi yillarda tibbiyot tizimiga doir 200 ga yaqin me'yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish Kontseptsiyasi qabul qilindi. Shulardan kelib chiqib, faoliyatimizning eng asosiy e'tibor qaratilishi kerak bo’lgan nuqtasi sifatida Farg’ona viloyatida sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlarda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash orqali xalqimizning salomatligini yaxshilash va bu ezgu maqsad yo’lida bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ustuvor vazifamiz sifatida belgilab olganmiz.

Hozirgi kunda yurtboshimizning alohida e'tiborlari sababli zamonaviy tibbiyot yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish orqali aholi o’rtasida, xususan, yosh bolalarda onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash, to’g’ri tashxis qo’yish, samarali davo choralarini qo’llash uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan yangi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etilib, davo o’rinlari soni 85 tadan 160 taga yetkazildi. Shuningdek, bemor bolalar ota-onalari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratildi. Gematologiya xizmati yo’nalishida dori-darmonlar uchun ajratilgan mablag’lar qariyb 60 baravarga oshirilib, 170 mlrd. so’mga yetkazildi. 

Onkogematologik kasalliklar bilan kasallangan bemor bolalarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Viloyat Bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazida 2022 yilning may oyidan yangi davolash korpusi qurilishi boshlandi va bu tibbiyot muassasasiga zamonaviy tibbiy jihozlar sotib olish rejalashtirilgan.   

Viloyat xokimligi tomonidan onkogematologiya bo’limining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 210 mln.so’mlik qattiq va yumshoq hamda tibbiy jixozlar sotib olindi. Shu bilan bir qatorda, bemor bolalar uchun qulaylik yaratish maqsadida bo’limda “Bolalar xonasi” tashkil etilib, turli xil o’yinchoqlar, kitoblar va boshqa o’quv qurollari bilan ta'minlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 maydagi “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-5130-son qarori qabul qilingunga qadar 5 oyda 664 mln. so’mlik dori vositasi va tibbiy buyumlar sarflangan. Bu har bir davolangan bemorning bir kuniga 155 ming so’mdan to’g’ri keladi. Qaror qabul qilingandan so’ng dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun sarflangan mablag’ 2 mlrd. 392 mln. so’mga yetkazildi, bunda bemorning har bir kuniga 452.6 ming so’mdan to’g’ri keldi.

Qadrli ota-onalar!

Sizlarning har biringizdan o’zingiz, oilangiz, jumladan, farzandlaringiz sog’ligini doimiy ravishda nazorat qilib borishingizni, muntazam ravishda mahalla shifokorlari bilan aloqada bo’lishlaringizni, sog’lom turmush tarziga amal qilishlaringizni, fazandlaringizni profilaktik tibbiy ko’ruvlardan o’z vaqtida o’tkazib borish va ularni shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni o’rgatgan holda tarbiyalashingizni so’raymiz.      

Farzandlaringizda kuchli stress, tushkunlik, qo’rquv va shu kabi g’ayriodatiy holatlar kuzatilsa, o’tkir kasalliklarning tez-tez qaytalanishi bo’lsa, darhol mahalla shifokoriga murojaat qilishni unutmang. Shifokor maslahatisiz oila a'zolaringizga turli xildagi dori vositalarini o’zboshimchalik bilan tavsiya etmang!

Agar farzandingiz badanida ko’karishlar, vaqti-vaqti bilan burun qonashlari, jarohatlanishdan keyin uzoq vaqt qon to’xtamaslik, sababsiz uzoq vaqt isitmalash, suyaklarda og’riqlar, teri rangining oqarib ketishi holatlari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat kiling.

Yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohdan kelib chiqadigan turli xil nasliy kasalliklarni oldini olish maqsadida qarindoshlar o’rtasidagi nikohdan saqlaning.

Hurmatli ota-onalar, yuqorida aytilgan tavsiyalar orqali siz farzandingizda nafaqat onkogematologik, balki boshqa kasalliklarning ham oldini olgan bo’lasiz. Zero, mamlakatimizning farovon kelajagi ko’zimiz nuri bo’lgan farzandlarimizning kamolida.

Viloyatimizdagi oilalarning ko’p bilim va hayotiy tajribaga ega bo’lgan qadrli kattalari: bobo-buvilar, ota-onalar!

E'tiboringizni qaratmoqchi bo’lgan yana bir muhim jihat borki, bu – sog’lom ona va bola masalasi.

Ona va bola salomatligi jamiyat kelajagini belgilaydi. Bugungi kunda viloyatimizning Qo’qon, Marg’ilon shaharlari va Beshariq tumanida tumanlararo perinatal markazini, shahar va tuman tibbiyot birlashmalarining ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalarida “Ayollar maslahatxonasi” tarkibida prenatal tashxis xonalari, “Ona va bola” klasterlari, “Onkonazorat” xonalari, bolalar bo’limlarini tashkillash orqali ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, ularga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishni maqsad qilib qo’yganmiz.

Oilalarda farzandni parvarishlash bo’yicha tibbiy madaniyat yuqori bo’lishi kerak. Umuman olganda, sog’lom va barkamol avlod uchun jon kuydirish har birimizning muqaddas burchimizdir! Bu yo’lda mahalla kayvonilari, nuroniy va keksalar, ota-onalar – hammamiz birlashishimiz, yoshlarga ko’makdosh va nasihatgo’y bo’lishimiz shart!

Bu sharafli va muqaddas vazifa – oiladagi har bir a'zolarning sog’lom bo’lishi, ona va bolaning salomatligini ta'minlash, sog’lom turmush tarziga amal qilish kabilar Siz aziz va donishmand xalqimiz uchun tabiiy ehtiyoj, kundalik odat ekanligiga ishonaman va shubha qilmayman.

Sizlarning barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, farzandlar, nabiralarning kamolini ko’rish baxtini tilayman.