Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KOREYA RESPUBLIKASINING YIRIK “K-WATER” KORPORATSIYASI FARG’ONADA BARPO ETILAYOTGAN EKOSHAHAR LOYIHASIDA ISHTIROK ETISHGA QIZIQISH BILDIRMOQDA

×

 2022-07-15 12:19:13    79

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov Koreya Respublikasining suv loyihalarini amalga oshiruvchi yirik “K-water” korporatsiyasining Markaziy Osiyo bo’yicha bosh direktori Li Che Gu bilan uchrashdi.

Farg’ona shahrida 300 gektar maydonda barpo etilayotgan Ekoshahar qurilishi jarayonlari bilan tanishgan koreyalik mehmonga shu joyning o’zida mazkur loyiha haqida batafsil ma'lumot berildi. 7 qavatdan 25 qavatgacha bo’lgan ko’p qavatli turar joylar, ma'muriy binolar, xizmat ko’rsatish maskanlari, ta'lim muassasalari, 50 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan kichik sanoat zonasi, 70 gektarlik “Yangi O’zbekiston” bog’i “K-water” korporatsiyasining Markaziy Osiyo bo’yicha bosh direktori Li Che Guda katta qiziqish uyg’otdi. U investorlarga yaratilgan qulayliklar, Ekoshaharda qurilish ob'ekti barpo etish shartlari bilan bog’liq savollariga javoblar oldi.

Muloqot jarayonida Janubiy Koreyada ham mana shunday loyihalar mavjudligini qayd etgan Li Che Gu Ekoshaharda “K-water” korporatsiyasi ofisi faoliyatini yo’lga qo’yish istagi borligini, loyiha bilan yana bir bor tanishib chiqib, hamkorlik chora-tadbirlari belgilanishini ma'lum qildi.

Ma'lumot o’rnida, Janubiy Koreyaning “K-Water” kompaniyasi 1967 yilda tashkil etilgan. Kompaniya suv resurslaridan kompleks foydalanish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda qayta tiklanadigan energiya ob'ektlarini qurish va boshqarish sohasida faoliyat yuritadi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram