Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV ROSSIYANING “AEROPORTЫ REGIONOV” XOLDINGI VAKILLARINI QABUL QILDI

×

 2022-07-15 12:22:29    67

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sergey Krasnov boshchiligidagi Rossiyaning yirik “Aeroportы Regionov” xoldingi vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish orqali Farg’ona aeroportini rivojlantirish istiqbollari hamda “Aeroportы Regionov” xoldingining bu jarayonda ishtiroki imkoniyatlari muhokama qilindi.

Farg’ona vodiysi viloyatlari hamda qo’shni mamlakatlarning chegaradosh viloyatlari aholisi sonini hisobga olganda, Farg’ona shahri aeroportini kengaytirish hamda modernizatsiya qilish istiqbolli loyiha ekani qayd etildi. Shuningdek, kelgusida Farg’ona aeroportini YEvropa va Osiyo o’rtasida xalqaro tranzit tuguniga aylantirish, qo’shimcha kargo terminali barpo etish orqali yuk tashish hajmini oshirish imkoniyatlari yuqori baholandi. Shu bilan birga, Farg’ona vodiysi viloyatlari uchun yagona yirik aeroport qurish loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi.

“Aeroportы Regionov” xoldingi tomonidan O’zbekistonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan, o’rta masofaga mo’ljallangan Sukhoi Superjet 100 samolyotlari bilan mahalliy reyslarda xizmat ko’rsatuvchi aviakompaniyani Farg’ona aeroportida joylashtirish bo’yicha o’zaro hamfikrlilikka borildi.

Rossiyaning Rostov, YEkaterinburg, Nijnыy Novgorod, Samara, Saratov, Tobolsk, Novыy Urengoy va Petropavlovsk-Kamchatsk shaharlaridagi xalqaro aeroportlarni kompleks rivojlantirish dasturi orqali o’z investitsiyalari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiyasini amalga oshirib, boshqarib kelayotgan “Aeroportы Regionov” xoldingi bugungi kunda ushbu aeroportlarda yillik 16 million yo’lovchiga xizmat ko’rsatadi. 

“Aeroportы Regionov” xoldingi shuningdek “Novaport Xolding” bilan hamkorlikda Rossiyadagi kichik hududiy aeroportlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan “Aeroportы Bolshoy Stranы” loyihasini ham amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha hozirda 6 ta aeroportni o’zida jamlab, yillik 2,6 million yo’lovchiga xizmat ko’rsatish darajasiga yetgan.

Hududiy xalqaro aeroportlarini modernizatsiya qilish va operatsion samaradorligini oshirish uchun xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish vazifasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o’sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to’g’risida”gi PF-101-son farmonida belgilab berilgan.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram