Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA ITALIYANING “ITEMA” XOLDINGI O’RTASIDA HAMKORLIKNING ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI MUHOKAMA ETILDI

×

 2022-07-15 21:02:48    82

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Italiyaning “Itema” xoldingi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari muhokama etildi.

Iqboljon Ergashev viloyat hududida tayyor turdagi yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ip-kalavadan keyingi bosqichlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani, bunda asosan YEvropa davlatlari talablariga javob beruvchi mahsulotga yo’naltirilgan uskunalarga talab yuqoriligini ta'kidlab o’tdi.

Farg’ona vodiysining paxtachilikdagi imkoniyat va salohiyatlarini inobatga olib, “Itema” xoldingi jihozlari uchun servis markazi hamda mutaxassislarni o’qitish markazlarini viloyat hududida tashkil etish takliflari bildirildi.

Bu borada joriy yil 6-7 sentyabr kunlari “Itema” xoldingi rahbarlarining O’zbekistonga tashrifi va Toshkent shahrida muzokaralar o’tkazishga kelishib olindi.

Ushbu xolding barcha turdagi tekstil matolari, jihoz, uskunalarini ishlab chiqarib jahon yengil sanoati mashinasozligida o’z o’rniga ega. Dunyoning 7 ta davlatida ishlab chiqarish quvvatlari va 13 ta shaharda ofislari bor.

Tekstil korxonalari uchun xolding tomonidan ishlab chiqarilgan jihozlar asosan Xitoy (jamidan 30%), Turkiya (22%), hind subkontinenti (14%) va YEvropa (15%) davlatlarida sotilib kelinmoqda.

“Itema” xoldingi jihozlarini viloyatimizning Rishton tumanidagi “RusUzbekteks” QK va Quva tumanidagi “Quvatekstil” AJga ham keltirish va o’rnatish ishlari olib borilmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram