Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA JORIY YILDA 60 MING TONNA BALIQ YETISHTIRILADI

×

 2022-07-16 10:58:32    89

PDF yuklash
Chop etish


Kuni kecha viloyat hokimligi va “O’zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamkorligida viloyatimizda joylashgan baliqchilik xo’jaliklariga press-tur tashkil etildi. Unda respublika va mahalliy OAV vakillari hamda blogerlar qatnashdi.

Ishtirokchilarga hozirgi kunda viloyatda 467 ta baliqchilik xo’jaliklari mavjud ekanligi haqida ma'lumot berildi. Shundan 464 ta xo’jalik 6300 gektar sun'iy suv havza maydonlarida hamda 3 ta xo’jalik sub'ekti 3988 gektar tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirish bo’yicha faoliyat yuritib kelayotgani aytildi.

Viloyatda 2021 yilda barcha xo’jaliklar tomonidan 40 ming 600 tonna baliq yetishtirilgan bo’lsa, joriy yilda 3700 gektar sun'iy (ekstensiv) suv havzalarini intensivlashtirish hisobiga baliq yetishtirish hajmini 60 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Xususan, Marg’ilon shahridagi “Mr.Fish” korxonasi tomonidan 2021 yilda 60 tonna forel baliqlari yetishtirilgan bo’lsa, 2022 yilda 100 tonna forel olish maqsad qilingan. Press-tur ishtirokchilari dastlab shu yerdagi intensiv usulda yopiq suv aylanma tizimi orqali baliq yetishtirish jarayonlari bilan tanishdilar.

Keyingi manzillarda Yozyovon va Oltiariq tumanlaridagi baliqchilik xo’jaliklari faoliyati ko’zdan kechirildi. “Farg’ona baliqsanoat agrofirmasi” MChJ tomonidan Yozyovon tumanida respublikada birinchi bo’lib 1,2 sotix maydonda yuqori intensiv usulda 100 tonna baliq yetishtirish texnologiyasi yo’lga qo’yilgani, Oltiariq tumani Qiziltepa cho’l hududida ushbu xo’jalik tomonidan osyotr baliqlarini yetishtiruvchi yopiq suv aylanma tizimi ishga tushirilgani jurnalistlar e'tiborini tortdi. “Farg’ona baliqsanoat agrofirmasi” MChJ tomonidan Xitoydan yiliga 250 tonna intensiv usulda baliq yetishtirish uchun texnologiya va jihozlar olib kelingan. Ayni paytda baliqlar uchun ozuqa yemi ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan.

Shu kuni jurnalistlar Yozyovon tumanidagi “Ibragimov Doston Fayz” fermer xo’jaligi tomonidan yo’lga qo’yilgan karp, Vetnam karpi, sazan kabi baliq turlarini intensiv usulda yetishtirish texnologiyasini ham ko’zdan kechirdilar.

Beshariq tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida esa soha rivoji uchun baliqchilik bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlanayotganiga guvoh bo’lindi.

– Ixtiologiya yo’nalishida 58 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. Ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash maqsadida 3 sotix maydonda 7 dona basseynlar qurilib, intensiv usulda baliq boqish yo’lga qo’yildi, – dedi kasb-hunar maktabi direktori Alisher Sotvoldiyev. 

Hozirda ushbu basseynlarda 6 ming dona Afrika laqqasi va sazan baliqlari boqilmokda. Bu yil 12 tonna parhezbop baliq go’shti yetishtirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, maktabda proteinga boy baliq yemi, avtomatik ravishda ozuqa tarqatgichlar va suvni kislorod bilan boyitadigan aerator moslamalari ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Kelgusida baliq ikralari uchun inkubatsiya tsexini tashkillash va chet ellik hamkorlar bilan birgalikda baliq mahsulotlarini qayta ishlab, konserva ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish ustida ish olib borilmoqda. 

Kasb-hunar maktabida sohaga ilmiy tajriba xulosalarini tadbiq etish, yangi turlarni mahalliylashtirish, hosildorlikni yuksaltirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma'lumot berildi. 

Shuning bilan intensiv usulda baliq yetishtirish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlari, viloyatdagi baliqchilik xo’jaliklari faoliyati bilan tanishishga qaratilgan press-tur o’z yakuniga yetdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram