Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA YURIDIK TEXNIKUMINI 65 YOSHLI TALABA TAMOMLADI

×

 2022-07-16 11:44:21    68

PDF yuklash
Chop etish


Bu yil Farg’ona viloyat yuridik texnikumini 248 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Bu yilgi tantanali bitiruv kechasi noan'anaviy ko’rinish kasb etdi. Chunki ushbu talabalar safida qo’qonlik 65 yoshli talaba Avazbek aka Mazaidov ham bor. Qizig’i shundaki, yuzlab talabalarni qutlagani ota-onalar tashrif buyurishgan bo’lsa, Avazbek akani esa nabiralari va farzandlari bu muvaffaqiyati bilan tabriklashdi. 

– Yoshim 65 da. Qo’qon shahar Oq oltin MFYda istiqomat qilaman. Hozirda xalq deputatlari Qo’qon shahar Kengashi deputatiman, – deydi Avazbek Mazaidov. – Bir necha yil avval mahallada oqsoqol bo’lib ishlaganimda, minglab fuqarolarga huquqiy ko’mak juda zarurligini anglaganman. O’shanda o’z mahallamda bepul yuridik maslahat beruvchi nodavlat tashkilot ochishni maqsad qilgandim. Yuridik texnikumni tamomlaganim ana shu maqsadlarimning debochasi. Bir oy avval mahallada mutlaqo bepul bo’lgan yuridik markaz ochdim. Shu qisqa muddatda esa boshiga ish tushgan, muammoli vaziyatda bo’lgan mahalladoshlarimning 20 nafariga huquqiy ko’mak ko’rsatdim.

Ma'lumot o’rnida aytish mumkinki, 15 yil avval o’z faoliyatini boshlagan Farg’ona yuridik texnikumi shu kungacha mehnat bozoriga 3 mingdan ortiq huquqshunos kadrlarni yetkazib berdi. E'tiborlisi, ularning 65 foizi ayni damda o’z mutaxassisliklari bo’yicha faoliyat olib bormoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram