Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ARALASH JANG VA KARATE BO’YICHA MUROD XONTO’RAYEV XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN RESPUBLIKA TURNIRI BO’LIB O’TMOQDA

×

 2022-07-16 16:20:20    76

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Samo” sport majmuasida "Osiyo ayig’i" nomi bilan mashhurlikka erishgan MMA yulduzi Murod Xonto’rayev xotirasiga bag’ishlangan aralash jang va karate bo’yicha turnir start oldi. Unda viloyatimiz shahar-tumanlaridan va Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 200 nafardan ziyod sportchilar qatnashmoqdalar. 

Musobaqaning ochilish marosimida O’zbekiston karate milliy federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ayubxon Toshbayev, Farg’ona viloyat milliy karate federatsiyasi rahbari Mo’ydinjon Sobirov, Respublika va viloyatlar sport mutasaddilari, faxriy sportchi-murabbiylar, ota-onalar va sportsevarlar ishtirok etdilar.

So’z olganlar MMA jangchisi Murod Xonto’rayevni yodga olib, bu mashxur sportchi erishgan yuqori natijalar yosh avlod tomonidan ham munosib qayd etib borilishiga tilak bildirdilar. O’g’il-qizlarni yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlardan munosib foydalanishga chorladilar. 

Tadbirda Davronjon Ashurmatov, Elyor Dadamirzayev kabi yoshlarga o’rnak va namuna bo’lib kelayotgan, ko’plab shogirdlar yetishtirib chiqarayotgan sportchilarga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Shundan so’ng musobaqalarga start berildi. Unda 7-16 yosh toifasidagi sportchilar MMA va karate sport turlari bo’yicha bir necha vazn toifasida murosasiz bahsga kirishishdi. Turli viloyatlardan kelgan 30 nafar hakamlar hay'ati azolari ularning ishtiroklarini baholab borishmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram