Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XONADONLARGA QUYOSH PANELLARI O’RNATILMOQDA

×

 2022-07-16 18:23:11    59

PDF yuklash
Chop etish


Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini o’zlashtirish hisoblanadi. Shu sabab joriy yilning 10 iyun kuni Prezidentimiz raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob'ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlariga bag’ishlangan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Farg’ona tumanidagi “Mindonobod” va “Novkent”, Yozyovon tumanidagi “Qotortol”, Qo’shtepa tumanidagi “O’qchi” mahalla fuqarolar yig’inlarida joylashgan xonadonlar quyosh panellari o’rnatish uchun tanlab olindi.

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda Farg’ona, Qo’shtepa, Yozyovon tumanlari hokimliklari hamkorligida amaliy jarayonlar boshlandi. 

Jumladan, dastlabki bosqichda Farg’ona tumani “Novkent” MFY hududidagi mavjud 426 ta xonadonning 108 tasiga quyosh panellarini o’rnatish ishlari yakunlanmoqda. 2-bosqichda esa 426 ta xonadonga to’liq quyosh panellari o’rnatiladi. 

Bundan tashqari, tumanning “Mindonobod” MFY hududida ham 862 ta xonadon mavjud bo’lib, shundan dastlabki bosqichda 290 ta xonadonga quyosh panellarini o’rnatish rejalashtirilgan.

Natijada bu ikki hududda qariyb 82-85 foiz elektr energiyasi iste'molini tejashga erishiladi. E'tiborlisi, quyosh panellari o’rnatilgan xonadonlarga soliq imtiyozlari berilishi ham ko’zda tutilgan.

Amaliy ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda viloyatimiz bo’ylab aholi va ijtimoiy soha ob'ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishlari bo’yicha tushuntirish-targ’ibot tadbirlari olib borilmoqda.

“Farg’ona HETK” AJ axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram