Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATDA TEZ TIBBIY YORDAM TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMIGA BAG’ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI BO’LIB O’TDI

×

 2022-07-18 14:32:51    61

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasida tez tibbiy yordam tizimidagi kamchiliklar va sohada kuzatilayotgan muammolar hamda kelgusida holatni yanada yaxshilash bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Unda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tizimi rahbariyati, mas'ul xodimlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov o’tgan davrda tizimda amalga oshirilgan ishlar, tizimda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, aholining haqli e'tirozlariga sabab bo’layotgan dolzarb masalalar, tibbiyot muassasalari faoliyatiga oid to’planib qolgan muammolarni bartaraf etish vazifalari hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Anjuman davomida tez tibbiy yordam tizimi xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga ham e'tibor qaratildi. Xodimlar malakasini oshirishda Rossiya, Turkiya, Koreya, Frantsiya kabi tez yordam tizimi ilg’or bo’lgan mamlakatlarga yuborish rejalashtirilganligi aytib o’tildi.

Hududlarda onalar va bolalarga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati haqida, joylarda oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida Davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilishi yuzasidan ham ma'lumotlar eshittirildi. 

Shuningdek, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i tizimdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan kelgusidagi rejalar xususida ham alohida to’xtaldi.

Matbuot anjumanida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga rahbar va mas'ullar tomonidan batafsil javob berildi. 

Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram