Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2022-07-18 14:40:49    56

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi qirq yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimligi kotibiyat va bo’lim boshliqlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Shokirjon Ahmedov “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror ijrosi bo’yicha viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Sessiya ishida shuningdek, viloyat mahalliy byudjetining 2022 yilning birinchi yarim yillik ijrosi hamda shakllangan qo’shimcha manbalardan maqsadli foydalanish holati, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusida ko’riladigan chora-tadbirlar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari o’qib eshittirildi. 

Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan savollar berildi va o’z o’rnida ushbu savollarga ma'ruzachilar misollar orqali javoblar qaytarishdi.

Sessiya so’nggida ko’rilgan har bir masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram