Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK O’G’IL-QIZLARGA QARIYB 804 MILLION SO’MLIK MAXSUS SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

×

 2022-07-19 17:29:48    109

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Yoshlar ishlari agentligining faollar zalida viloyatimizdagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o’g’il-qizlarga maxsus sertifikatlarni topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov va Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Jamshid Xodjayev qatnashdi.

So’z olganlar yurtimizda yoshlarga e'tibor katta bo’layotgani, imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini ta'kidladilar.

2022 yilning o’tgan davrida viloyatda mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan to’lovga qobiliyatsiz, ehtiyojmand sifatida aniqlangan yoshlarning 674 nafariga haydovchilar tayyorlash kurslarida o’qitish xarajatlarini, 672 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini qoplash uchun 4,6 milliard so’mlik yordam ko’rsatilgani, shundan, Yoshlar ishlari agentligi mablag’lari hisobidan 840 nafar yoshlarga 3,1 milliard so’m mablag’ ajratilgani qayd etildi.

Tadbir davomida ham "Yoshlar daftari"dagi 201 nafar yoshlarga 803 million 932 ming so’mlik maxsus sertifikatlar topshirildi. Natijada 68 nafar yoshlarning haydovchilar tayyorlash kurslarida o’qitish xarajatlarini qoplash uchun 81 million 600 ming so’mlik, 133 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini qoplash uchun 722 million 332 ming so’mlik mablag’lar yo’naltiriladigan bo’ldi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram