Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GERMANIYANING “KNAUF” KOMPANIYASI O’ZINING O’ZBEKISTONDAGI UCHINCHI ZAVODINI FARG’ONA VILOYATIDA ISHGA TUSHIRDI

×

 2022-07-20 17:17:54    62

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyatimizning O’zbekiston tumani “Sho’rsuv” hududida gips asosidagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Germaniyaning “Knauf” kompaniyasining yangi korxonasi ishga tushirilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, “Knauf” kompaniyasi hammuassisi Nikolaus Knauf, “Knauf” guruhining boshqaruvchisi Uve Knotser, Germaniyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdilar. Dastlab ishtirokchilar korxonadagi zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari hamda o’rnatilgan dastgohlar bilan tanishdilar.

Umumiy loyiha qiymati 18,7 million yevro bo’lgan va yillik 17 million kvadrat metr gipskarton listlari hamda 40 ming tonna quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod modulli texnologiya asosida 2,5 yilda qurib bitkazilgani qayd etildi. Natijada bu yerda 80 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. 

Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va “Knauf” kompaniyasi rahbariyati ishtirokida korxonadagi ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirilishiga start berildi. Bu zavod Farg’ona viloyatining iqtisodiy hayotida ham muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Shundan so’ng xorijlik va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. So’z olganlar tomonidan O’zbekiston va Germaniya o’rtasida kun sayin aloqalar rivojlanib borayotgani, davlatimiz rahbarining 2019 yilda Germaniyaga rasmiy tashrifi va u yerdagi sarmoyadorlar bilan uchrashuvi o’zining ijobiy samarasini ko’rsatayotgani e'tirof etildi. “Knauf” kompaniyasining O’zbekistondagi uchinchi zavodi ishga tushirilishi buning bir isboti ekanligi aytildi. Korxonada nemis texnologiyasi va yuqori ekologik standartlarga muvofiq yuqori sifatli qurilish mahsulotlari ishlab chiqarilishi hamda mahalliy va xorijiy bozorlarga, xususan, qo’shni davlatlarga yetkazib berilishi ma'lum qilindi. 

E'tiborlisi, “Knauf” kompaniyasi o’zining xususiy o’quv markazlarida shuningdek, oliy ta'lim muassasalari va kollejlari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislar tayyorlashni ham yo’lga qo’ygan. Shu orqali ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o’rinlarini yaratish rejalashtirilgan. Tadbirda ana shular xususida ham atroflicha to’xtalib o’tildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram