Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QORAQALPOG’ISTONLIK BOLAJONLAR YOZGI TA'TIL UCHUN FARG’ONA VILOYATIGA KELDILAR

×

 2022-07-20 21:23:45    59

PDF yuklash
Chop etish


Yozgi ta'til uchun Qoraqalpog’iston Respublikasining Ellikqal'a, Bo’zatov tumanlari hamda Nukus shahridan Farg’ona viloyatiga kelgan 302 nafar o’g’il-qizlar bugun Qo’qon temir yo’l vokzalida tantanali kutib olindilar. Kutib olish jarayonida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov ishtirok etdi.

Orolbo’yidan kelgan bolajonlar yoz mavsumini maroqli o’tkazishlari uchun so’lim va bahavo go’shada joylashgan “Koinot” oromgohiga olib kelindi. Bu yerda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan yoshlar vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, dam olishlari va sog’lomlashtirilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi ta'kidlandi.

Xususan, oromgohda bolalarning bilim va mahoratlarini oshirish uchun futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol, rasm, raqs, adabiyotshunoslar, rus va ingliz tili kabi to’garaklar tashkil etilgan. Yoshlar o’zlarini qiziqtirgan to’garaklarga qatnashib, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Bundan tashqari, taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvlar, turli tanlovlar va diqqatga sazovor joylarga sayohatlar ham o’g’il-qizlarning maroqli dam olishlariga xizmat qiladi. Oshxona va yotoqxonalarda barcha qulayliklar mavjud.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram