Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA INNOVATSION G’OYA VA LOYIHALAR SARALANMOQDA

×

 2022-07-22 14:10:13    73

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona politexnika institutida “InnoWeek 2022” innovatsion g’oyalar hududiy ko’rgazmasi va TechnoWays texnologik rivojlanish marafonining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori o’rinbosari Akbarxon Sobirxonov, viloyatimizdagi oliy o’quv yurtlari o’qituvchi va talabalari, yosh ixtirochilar qatnashdi.

Tadbirda ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ko’rgazmaning mazmun-mohiyati, hududiy bosqichlari haqida to’xtalib o’tildi.

Xususan, viloyat kesimida ilmiy va innovatsion faollikni rivojlantirish, ishlab chiqarishga joriy etilgan va muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan texnologiyalarni namoyish etish, yangi g’oya va loyihalarni qo’llab-quvvatlash, moliyaviy rag’batlantirish, ularni xalqaro bozorga olib chiqilishiga ko’maklashish asosiy maqsad ekanligi ta'kidlandi.

Mamlakatimizda to’rt yildan buyon o’tkazilib kelinayotgan “InnoWeek 2022” innovatsion g’oyalar haftaliklarining ijobiy natijalari, xorijlik investorlarning qiziqishlari haqida ma'lumot berildi.

Birgina viloyatimizning o’zida o’tgan yili Oltiariq tumani innovatsion hudud etib belgilanib, 13 milliard so’mlik loyihalar hayotga tadbiq etilgani, bu yil esa Buvayda tumani innovatsion hudud sifatida belgilangani aytib o’tildi.

Shundan so’ng mehmonlar viloyatimizdagi korxona va tashkilotlar, oliy ta'lim muassasalari, ularda faoliyat olib borayotgan yosh ixtirochilar tomonidan taqdim etilgan 300 dan ziyod mahsulotlar va ishlanmalar ko’rgazmasiga taklif etildi. 

Yuk mashinalari uchun turargoh va mijozlarni bog’lab beruvchi mobil ilova, quyosh energiyasidan foydalanib baliq hovuzlari uchun avtonom aeratorlarni yaratish texnologiyasi, sportchilarni chiniqtirish uchun innovatsion boshqariladigan Texnooktagon maydoni, o’yinchoqli avtopoyga mashinalarini velosipeddan olinayotgan elektr energiyasi orqali quvvatlantirish kabi loyihalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ko’rgazma ertaga, 23 iyul kuni ham davom etadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram