Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UCHKO’PRIK TUMANIDAGI “BOBOSHBEK” SAVDO VA ISHLAB CHIQARISH MAJMUASIGA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

×

 2022-07-25 23:11:30    168

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Uchko’prik tumanidagi yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va logistika majmuasiga press-tur tashkil etildi.

Dastlab bu yerda ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlarga va ishchi-xodimlarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi. Uchko’priklik ishbilarmonlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qurilgan ushbu markaz bugungi kun talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib bunyod etilganini ta'kidlashdi. Sababi tumanda tikuvchi ayollar, oilaviy korxona tashkil etgan, mahalladoshlarini ishli qilgan tadbirkorlar ko’p. “Boboshbek”, “Paloxon”, “Bekmurod”, “Yakkamulla”, “Zig’ir” kabi mahalla fuqarolar yig’inlaridagi aholi asosan tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlash bilan shug’ullanadi.

Qo’li gul chevarlar tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorda, balki Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Rossiya kabi qator davlatlarda ham xaridorgir.

Boboshbekliklar tikkan kiyim-kechaklar O’zbekistonning barcha hududlariga yetib borgan, endigi marra — jahon bozorlari.

Press-tur davomida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida 2021 yil 27 may kuni Prezidentimizning “Farg’ona viloyatining Uchko’prik tumanida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan qurilgan ushbu majmuada tadbirkorlarning jahon bozorlariga chiqishlari uchun barcha shart-sharoitlar yetarli ekanligi yana bir bor aytib o’tildi.

Loyihaga ko’ra, 15 gektar maydonda 316 ta ishlab chiqarish tsexlari bilan birga 336 ta savdo do’koni, 560 ta savdo rastasi bo’ladi. 2 ta logistika markazi tashkil etiladi.

Majmuada yiliga 876 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 18 million dollarlik eksport qilinishi rejalashtirilgan. 7 ming 700 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish o’rniga ega bo’lishi ko’zda tutilgan. Buning uchun izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilib, xorijlik, xususan, turkiyalik investorlar bilan hamkorlik qilinmoqda.

Uchko’prik tumani delegatsiyasining joriy yil iyun oyidagi Turkiyaga tashrifi davomida ham bir qator kelishuvlarga erishilgan (https://t.me/fvhokimligi/12417). Matbuot anjumanida shular haqida to’xtalib o’tildi. YEngil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va logistika majmuasi qurilishining birinchi bosqichi yakunlari, ikkinchi bosqichida davom etayotgan ishlar to’g’risida ma'lumot berildi.

Jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram