Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BAG’DOD TUMANIDA VILOYATDA BIRINCHILARDAN BO’LIB PAXTA OCHILDI

×

 2022-07-26 20:03:21    46

PDF yuklash
Chop etish


Bag’dod tumanida joriy yilda 5 ming 200 gektar yerga chigit ekilgan bo’lib, mavsum davomida olib borilgan sifatli agrotexnik tadbirlar o’z natijasini bera boshladi. O’tgan hafta viloyat dalalarida birinchilardan bo’lib ushbu tumanda paxta ochildi.

Markaziy Farg’ona cho’llarida joylashgan “Zafarobod bulog’i 2021” fermer xo’jaligida erta ko’klamda chigit ekish yumushlari namunali tarzda tashkil etilib, tumanda birinchilar qatorida yerga baraka urug’i qadalgan edi.

- Paxtaning bunday tez ochilishi anomal issiq bilan bog’liq emas, - deydi fermer xo’jaligi rahbari Jahongir Ahmedov. - 14,5 gektar yerga ekilgan “Namangan-77” navi innovatsion tavsiyalar asosida parvarishlandi. Shu bois paxta har yilgidan ertaroq ochildi.

Fermerning aytishicha, bu yil bug’doy hosili juda barakali bo’lgan. Endi paxtadan ham mo’l hosil va shunga yarasha daromad olish kutilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram