Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA YANGI O’QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

×

 2022-07-27 16:32:39    58

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda viloyatimizda 82 ta umumta'lim maktablarida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan bo’lib, ushbu maqsadlar uchun jami 273,6 mlrd. so’m mablag’lar ajratilgan.

Xususan, investitsiya dasturi bo’yicha Farg’ona tumani Yuqorivodil MFY hududida 660 o’rinli, So’x tumani Oftobro’ MFY hududida 330 o’rinli yangi maktablar qurilmoqda. 20 ta maktabda rekonstruktsiya ishlari olib borilib, 4 ta maktab mukammal ta'mirlanmoqda.

Shuningdek, Prezidentimizning joriy yilda Farg’ona viloyatiga tashriflarida bergan topshirig’iga asosan Investitsiya dasturiga qo’shimcha ravishda 14 ta maktablarda qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlari ketmoqda.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis bayoniga asosan 6 ta maktab filiallariga rekonstruktsiya asosida zamonaviy o’quv binolari qurilmoqda.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi asosida 36 ta umumta'lim maktablariga mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 50 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, hozirgi kunda 3 ta maktabga sport zali qurish hamda 36 ta maktablarning mavjud binolarini mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov ishtirokida ushbu qurilish jarayonlari muntazam o’rganib borilmoqda.

Xususan, kecha Farg’ona shahri, Quva va Qo’shtepa tumanlaridagi umumta'lim maktablarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari ko’zdan kechirildi.

Farg’ona shahridagi 5-umumta'lim maktabida 480 o’rinli o’quv binosi qurilib, 740 o’rinli o’quv binosi mukammal ta'mirdan chiqmoqda. 26-umumiy o’rta ta'lim maktabini mukammal ta'mirlash uchun 8 milliard so’mdan ortiq, 27-umumta'lim maktabini mukammal ta'mirlash uchun esa 7,5 milliard so’mga yaqin mablag’lar ajratilgan.

Quva tumanidagi 52-umumta'lim maktabida 220 o’rinli qo’shimcha o’quv binosi qurilayotgan bo’lsa, 14-umumta'lim maktabida 620 o’rinli o’quv binosi mukammal ta'mirlanmoqda.

Viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov ushbu ob'ektlarda bajarilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari belgilangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilishi zarurligini yana bir bor ta'kidladi. Ishchilar sonini ko’paytirish hisobiga binolarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan mas'ullarga ko’rsatmalar berildi.

Bunday o’rganishlar viloyat bo’ylab davom etmoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram