Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“BIR MILLION DASTURCHI” LOYIHASI - AMALDA: 2 YILDA FARG’ONADA QARIYB 10 MING NAFAR YOSHLAR O’QITILDI

×

 2022-07-28 20:06:59    68

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda yuqori malakali dasturchi va mutaxassislar tayyorlash uchun “IT-park” viloyat filiali tarkibida 19 ta “Raqamli texnologiyalar o’quv markaz”lari mavjud. Ushbu markazlarda 2020 yilda 1 ming 110 nafar yoshlar bilim o’rgangan bo’lsa, 2021 yilda bu raqam 4 ming 640 nafardan ziyodni tashkil etdi.

“Viloyatimizda bugungi kunga qadar qariyb 10 ming nafar yoshlar kompyuter savodxonligi hamda dasturlash kurslarida ta'lim olishdi. Hozirgi kunda ham yana 2 ming nafarga yaqin o’g’il-qizlar bilim o’rganishmoqda”, - deydi Marg’ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazi direktori Bahromjon Jalilov.

“IT-park” Farg’ona filialida 2020 yilda 6 ta rezident faoliyat yuritgan bo’lsa, 2021 yilda ularning soni 11 taga yetdi. Hozirgi kunda jami 26 ta rezidentlar bor. Yana 5 ta korxona arizalari rezidentlik uchun yuborilgan.

Rezidentlar tomonidan yaratilgan ish o’rinlari 900 ga yaqin bo’lib, rezident kompaniyalar tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 3 mlrd. so’mni tashkil etdi.

Farg’onada 2022 yilda 3 ta eksportga yo’naltirilgan kompaniyalar ish boshladi va eksport hajmi joriy yilda 82,5 ming dollarga yetdi.

E'tiborlisi, viloyatda startaplar ekotizimi joriy etilayotgani soha rivojida muhim o’ringa ega bo’lmoqda. TATU Farg’ona filialida joylashgan Inkubatsiya markazida shu kunga qadar 20 dan ortiq seminarlar va treninglar, 10 dan ortiq talabalar loyihalari taqdimoti o’tkazilib, talabalarning 16 ta istiqbolli startap loyihalari rivojlantirilib kelinmoqda.

Joriy yilning sentyabr oyida Qo’qon pedagogika institutida, yil yakuniga qadar esa Farg’ona politexnika institutida Inkubatsiya markazlari ochish rejalashtirilgan va qurilish, jihozlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Viloyatda shu kunga qadar qariyb 1000 dan ortiq o’quvchi va talabalarni qamrab olgan 5 ta ideaton, 3 ta hakaton tanlovlari va dasturlash musobaqalari tashkil etildi. 80 ga yaqin istiqbolli loyihalar startaplarni rivojlantirish maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga jalb qilinmoqda.

2021 yilda 284 mln. so’mlik 5 ta startaplar moliyalashtirilgan bo’lsa, 2022 yil davomida mavjud 85 ta startaplarning 9 tasi moliyalashtirilmoqda va ularga 402,8 mln. so’m mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan.

Logistika yo’nalishida Toshkent shahridagi "STL Truckers" korxonasi filiali Farg’ona shahridagi Bandlikka ko’maklashish markazi binosida faoliyat boshlab, 10 nafar yoshlar ish bilan ta'minlandi.

Bundan tashqari, viloyatda yana bir "CLL Fer Branch" brokerlik kompaniyasi ham o’z ish faoliyatini boshlab, "IT-park" rezidenti maqomini olishga erishdi. Ushbu kompaniyada hozirda 20 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda. Joriy yil yakuniga qadar esa ishchilarni 50 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram