Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


EXHTNING MILLIY OZCHILIKLAR MASALALARI BO’YICHA OLIY KOMISSARI FARG’ONADA MILLIY MADANIY MARKAZLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLARGA YUQORI BAHO BERDI

×

 2022-07-28 22:24:57    77

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 30 iyul – “Xalqlar do’stligi kuni” munosabati bilan YEvropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti milliy ozchiliklar bo’yicha oliy komissari Qayrat Abdurahmonov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi raisi Rustam Qurbonov viloyatimizda bo’lib, Farg’ona shahridagi milliy madaniy markazlar joylashgan “Do’stlik uyi” faoliyati bilan tanishdilar. Ularga viloyat hokimining o’rinbosarlari Jamshed Xatamov hamda Xurshid Ahmedovlar hamroh bo’ldi.

Mehmonlar yahudiy, slavyan, tatar, qirg’iz, koreys, tojik, nemis, turk milliy madaniy markazlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirdilar. Turli millatlarning kuy-qo’shiqlari, milliy an'ana va qadriyatlarni o’zida namoyon etgan ko’rgazmalar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. 4 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Farg’ona viloyatida 400 ming atrofida o’nlab millat va elat vakillari ahl-inoqlikda, totuvlikda hayot kechirayotgani yana bir bor o’z isbotini topdi.

Markaz rahbarlari bilan o’tgan samimiy muloqotda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan milliy madaniy markazlarga, ularni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlashga alohida e'tibor ko’rsatilayotgani qayd etildi. Viloyatimizda markazlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

EXHT milliy ozchiliklar bo’yicha oliy komissari Qayrat Abdurahmonov viloyatga birinchi marotaba tashrif buyurgani, bu yerda turli millat vakillariga yaratilgan sharoitlarni ko’rib mamnun bo’lganligini ta'kidladi. Madaniy markazlarning avtomashinalar bilan ta'minlangani, dunyoda iqtisodiy qiyinchiliklar bo’layotgan bir paytda viloyatda madaniy markazlar uchun yangi binoda ta'mirlash va jihozlash ishlari yakunlanayotgani e'tiborini tortganini aytib o’tdi. Viloyat hokimi tashabbusi bilan sobiq “Neftchi” madaniyat saroyining rekonstruktsiya ishlari, bu yerda milliy madaniy markazlarga yaratilayotgan qulayliklar borib ko’rildi.

Keyingi manzillarda esa viloyatimizning Marg’ilon, Qo’qon shaharlari hamda Rishton tumanidagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram