Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA 2021 YILDA VA JORIY YILNING O’TGAN DAVRIDA 26 TA EKSPORTCHI KORXONALAR XALQARO SERTIFIKATLARGA EGA BO’LDI

×

 2022-07-30 11:12:48    62

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi, O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (O’zTTSA), “O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi va O’zbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida OAV vakillari ishtirokida Marg’ilon shahridagi “Marg’ilon Umar teks” MChJga press-tur tashkil etildi.

Dastlab zamonaviy dizayn asosida qurib bitkazilgan 5 qavatli binodagi kalava ipni bo’yash, paypoq ishlab chiqarish jarayonlari ko’zdan kechirildi. Hozirda 150 nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan ushbu korxona mahsulotlari Polsha, Belarus, Rossiya, Qirg’iziston va Koreya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Endilikda YEvropa bozorlarini ham zabt etish reja qilingan. 

Press-tur davomida tadbirkor Abdusamad Ma'rufov rahbarlik qilayotgan “Marg’ilon Umar teks” MChJ hamda “Turon vodiy teks” MChJga SEDEX sertifikatlari topshirilishi ushbu maqsadni amalga oshirishda muhim qadam bo’ldi. Chunki ko’plab xorijiy kompaniyalar uchun xalqaro sertifikatlar, xususan, SEDEX sertifikatining mavjudligi bu - to’qimachilik mahsulotlari bilan savdo qilishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro chakana savdo tarmoqlari va supermarketlar sifati SEDEX xalqaro standarti bilan tasdiqlangan mahsulotlarni sotib olishga bo’lgan qiziqish yuqori. 

Tadbirda shuningdek, Farg’ona viloyatida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, eksportyor korxonalarga xalqaro standartlarni joriy qilish masalalari to’g’risida ham ma'lumotlar taqdim qilindi.

Ma'lumot o’rnida, 2021 yilda hamda 2022 yilning o’tgan davri davomida viloyatda 26 ta eksportchi korxonalarga ISO, Global GAP, Organis va boshqa rivojlangan davlatlar standartlari joriy qilindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram