Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTONDAGI POLIESTER TOLADAN MATOLAR ISHLAB CHIQARUVCHI ILK KORXONA FARG’ONADA ISH BOSHLADI

×

 2022-08-13 19:51:14    106

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Ibrat MFYda “Vinteks Co” MChJ shaklidagi O’zbek-Xitoy qo’shma korxonasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu poliester toladan dasturxonbop va pardabop matolar ishlab chiqaruvchi O’zbekistondagi ilk korxonaning ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Viloyat rahbari o’zimizda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish orqali importni qisqartirish masalasi iqtisodiyotimizda muhim o’rin tutishini qayd etib, Prezidentimiz olib borayotgan islohotlar doirasida tashabbuskor tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlab, ularga bugungiday imkoniyatlar yaratilishi natijasida iqtisodiyot rivojlanib, barchani o’ylantirayotgan asosiy muammo – aholining, yoshlarning bandligini ta'minlash masalasi yechim topayotganini ta'kidladi.

Uzoq yillar davomida bo’sh turgan Ibrat mahalla fuqarolar yig’inidagi sobiq pillani qayta ishlash fabrikasi hududida o’tgan yili viloyat hokimi tomonidan o’rganish olib borilib, yangi loyihalarni joylashtirish bo’yicha mulkdorlar hamda investorlar bilan muloqot o’tkazilgandi.

Tadbirkor Furqatjon Bobojonov tashabbusi bilan bugun ish boshlagan korxona, sobiq fabrika hududida qisqa muddatda hayotga tadbiq etilgan uchinchi loyiha bo’ldi. Bu yerda shuningdek, qandli diabet kasalligini aniqlovchi test ishlab chiqarish hamda jinsi matolari va erkaklar jinsi shimlarini ishlab chiqarish loyihalari ham amalga oshirildi. Yana bir qator istiqbolli investitsiya loyihalari joriy etilmoqda.

3 million dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya hisobiga tashkil etilgan ushbu korxona, asosan Turkiya va Xitoydan yurtimizga keltirilayotgan dasturxon va pardabop matolarning importini kamaytirib, mahalliy iste'molchilarga sifatli mahsulot yetkazib berilishini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish liniyasi zamonaviy Xitoy texnologiyasi bilan jihozlangan. Ishchilarning malakasini oshirish maqsadida xitoylik mutaxassislar jalb etilgan. Dastlabki bosqichda 50 nafar ishchi-xodim mehnat qilayotgan korxonada, yillik 300 ming pogonometr mato ishlab chiqariladi. Qo’shimcha dastgohlarning ishga tushishi bilan ishlab chiqarish hajmi yillik 650 ming pogonometrga yetib, qo’shimcha 50 ta ish o’rni yaratiladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram