Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI RISHTON TUMANIDAGI KULOLCHILIK KICHIK SANOAT ZONASINI TASHKIL ETISH BILAN BOG’LIQ TUMAN RAHBARLARI VA VILOYAT MAS'ULLARI FAOLIYATINI O’TA QONIQARSIZ DEB BAHOLADI

×

 2022-09-16 22:13:24    329

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Rishton tumanining Navbahor MFY hududida tashkil etilayotgan Kulolchilik kichik sanoat zonasida bo’ldi. 14 gektar maydonni egallagan ushbu KSZning umumiy holati, joylashtirilgan loyihalarning o’z muddatida amalga oshirilmayotgani, qarovsizlik, yo’llarning abgor holati, hududda chiqindi uyumlari yig’ilib qolganligi viloyat hokimi tomonidan qattiq tanqid qilindi.

Tuman hokimi Subhonjon Soliyev, hududiy sektor rahbari, tuman IIB boshlig’i Xojiakbar Tashpo’latov, shuningdek, viloyat va tuman kommunal tarmoqlar idoralari rahbarlarining ushbu kichik sanoat zonasi bilan bog’liq faoliyati o’ta qoniqarsiz baholandi. Sektor rahbariga masalaga mas'uliyatsiz yondashuvi uchun “hayfsan” jazosi qo’llaniladigan bo’ldi.

Kichik sanoat zonasi hududida ohak zavodi, gipsokarton ishlab chiqarish korxonasi, asfalt zavodi kabi yirik loyihalarni ham o’z ichiga olgan, umumiy qiymati 107 milliard so’m bo’lgan 50 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 300 ga yaqin kulolchilik tsexlari mavjud bo’lib, hozirning o’zida 3 mingdan ziyod ishchi o’rni yaratilgan. Kichik sanoat zonasining 6 gektar hududi Yoshlar sanoat zonasi uchun ajratilgan.

Viloyat rahbari joriy yil fevral oyida ushbu hududda bo’lganida, bu yerda loyihalarni amalga oshirish, kichik sanoat zonasi faoliyatini jonlantirish bo’yicha ishlar jadal olib borilmayotganligiga tanqidiy e'tibor qaratgandi. Biroq bugungi o’rganishlarda sezilarli o’zgarish amalga oshirilmagani yaqqol ko’zga tashlandi.

Xayrullo Bozorov tuman rahbarlariga hamda viloyat mas'ullariga Kulolchilik kichik sanoat zonasidagi loyihalarni tez va sifatli amalga oshirishni ta'minlash, bank kreditlari bilan bog’liq masalarni hal etish, KSZ hududini obodonlashtirish bo’yicha kontseptsiya ishlab chiqish, yo’llarni asfaltlash, elektr, gaz va suv tarmoqlarini tortish, ko’kalamzorlashtirish, eski tsexlarda zamonaviy ishlash tizimini joriy etish, ularning tashqi devorlarining ta'mirlanishini tashkil etish bo’yicha aniq vazifalar belgilab berdi. Amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha aniq reja-grafik ishlab chiqiladi, topshiriqlarning ijrosi qat'iy nazoratda bo’ladi, belgilangan vazifalarni muddatida bajarmagan mas'ullarga intizomiy jazolar qo’llaniladi.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram