Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDAGI AHOLI PUNKTLARI UCHUN BOSH REJALAR VA BATAFSIL REJALASHTIRISH LOYIHALARI ISHLAB CHIQILMOQDA

×

 2022-10-05 18:22:54    82

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligida 2022 yil uchun mo’ljallangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida viloyatimizdagi 7 ta aholi punktlari uchun ishlab chiqilgan bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari taqdimoti o’tkazildi.

Viloyat qurilish bosh boshqarmasi mas'ullari, shahar va tuman hokimlarining qurilish bo’yicha o’rinbosarlari, loyihachilar va arxitektorlar ishtirok etgan tadbirda O’zbekiston Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “2021 - 2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori talablari doirasida ishlab chiqilgan loyihalar viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga taqdim etildi.

Bugungi kunda Quvasoy shahrining Do’stlik shaharchasi, Farg’ona tumanining Chimyon shaharchasi va O’zbekiston tumanidagi Sho’rsuv shaharchasi uchun “O’zshaharsozlik LITI” DUK tomonidan, Qo’shtepa tumanidagi “Do’rmon” MFY, Rishton tumanidagi “Uzun ko’cha (Zoxidon)” MFY, O’zbekiston tumanidagi “Nursux” MFY, Farg’ona tumanidagi “Chimyon” MFY hududlari uchun “Qishloqqurilishloyiha” MChJ tomonidan bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilgan. Ular jamoat yig’ilishlari muhokamalariga qo’yilib, ma'qullangan.

Taqdimotda mazkur shaharcha va mahalla fuqarolar yig’inlarining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik sub'ektlariga qulay investitsiya muhitini yaratish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani qo’llab-quvvatlash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi infratuzilma ob'ektlarini barpo etish, shu asosda aholi bandligini ta'minlash va ularning turmush darajasini yanada yaxshilash borasida belgilangan loyiha hujjatlari haqida atroflicha to’xtalib o’tildi.

Ko’rib chiqilgan masalalar, belgilangan chora-tadbirlar juda dolzarb ekanligini ta'kidlagan viloyat rahbari, jarayonlarni tizimli amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga zarur ko’rsatma va topshiriqlar berdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram