Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2022-10-07 12:38:00    66

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi elliginchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga ko’ra, to’rtta masala sessiya muhokamasiga qo’yildi. Dastlab viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan qilingan ishlar va yangi rejalar haqida hisobot berdi. Unda viloyatda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, yutuqlar, viloyat hokimligi tomonidan ko’rsatilayotgan e'tibor, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash jarayonlari haqida so’z bordi.

Sessiya ishida so’z olgan deputatlar tomonidan ta'lim-tarbiya masalasi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda ustuvor vazifaga aylangani, shundan kelib chiqib viloyatda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar ko’p ekanligi yana bir bor ta'kidlandi. Muhim taklif va tavsiyalar berildi.

Shundan so’ng sessiyada viloyatda 2022 yilda yangi ish o’rinlarini yaratish prognoz ko’rsatkichlari bajarilishi holati haqida viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Saidjon Davlatovning hisoboti eshitildi.

Sessiyada So’x tumani aholisining ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash bilan bog’liq qaror loyihasi ham ko’rib chiqildi va ma'qullandi.

Shuningdek, viloyatdagi mavjud sanoat zonalari uchun ajratilgan yer maydonlaridan maqsadli foydalanilayotganligi bo’yicha o’tkazilgan xatlov ishlari, o’rganish natijalari, doimiy komissiya raisi Zokirjon Zohidov tomonidan tanishtirib o’tildi.

Har bir ko’rilgan masalaga deputatlar tomonidan munosabatlar bildirilib, xato va kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarga yechim topish, yutuqlarni mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi va qabul qilinayotgan qarorlar loyihalariga kiritildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram