Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYLIK INVESTORLAR FARG’ONADA BESH YULDUZLI MEHMONXONA QURISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2022-10-10 09:15:05    63

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining “Shuncheng Investment Group” kompaniyasi rahbari Xung Chi Yim boshchiligidagi bir guruh xitoylik sarmoyadorlarni qabul qildi. Qabul uchun minnatdorlik bildirgan investorlar Farg’onada mehmonxona qurish istaklari borligini ma'lum qilishdi.

Viloyat rahbari Farg’ona turistlar tashrifi bo’yicha Respublikada ikkinchi o’rinda ekanligini ta'kidlab, mehmonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Farg’ona shahridagi Saylgoh va Al-Farg’oniy ko’chalari tutashgan hududda, avvalgi Amfiteatr o’rnida o’z brendiga ega besh yulduzli mehmonxona qurish loyihasi amalga oshirilayotgani haqida to’xtalib o’tdi.

Xitoylik investor Xung Chi Yim shahar markazida va har tomonlama qulay manzilda joylashgan mazkur loyihaga katta qiziqish bildirdi. Bu yerda loyiha qiymati 10 million dollar bo’lgan 14 qavatdan kam bo’lmagan 200 o’rinli, besh yulduzli mehmonxona hamda zamonaviy savdo markazi qurishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.

Belgilangan tartibda kontseptsiya ishlab chiqilib, jarayonlarni tezroq amalga oshirish kerakligini qayd etgan viloyat hokimi, investorlarni Farg’onada 300 gektar hududda barpo etilayotgan yangi Ekoshahar loyihasida ham ishtirok etishga taklif etdi. Kelgusida ushbu yo’nalishda ham hamkorlik qilishga kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram