Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI DALADAN ISTE'MOLCHIGA YETKAZIB BERISH ZANJIRINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBA OMMALASHTIRILADI

×

 2022-10-10 11:59:48    58

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahrida viloyat hokimligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida shahar-tuman hokimliklari mas'ullari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar ishtirokida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi doirasida “Meva-sabzavot mahsulotlarini daladan iste'molchiga yetkazib berish zanjirini rivojlantirishda xalqaro tajriba” mavzusidagi seminar-trening boshlandi.

Tadbirni viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ochib berdi. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularning tashqi bozorlarga eksport qilishda Respublikada yetakchi bo’lgan Farg’ona viloyati uchun xorijiy iste'molchilarning ehtiyoji va talabini oldindan ko’ra bilish, chet el bozorlarini to’g’ri tushunish katta ahamiyat kasb etishini qayd etgan Iqboljon Ergashev, bugungi seminar daladan iste'molchigacha bo’lgan “masofani” qamrab olgan jarayonni tashkil etishdagi yondashuvni xalqaro tajriba asosida muvofiqlashtirishga hissa qo’shishini ta'kidladi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozoridagi xalqaro tendentsiyalarni va mahalliy meva-sabzavotlarning o’rnini atroflicha tahlil qilish, yetkazib berish zanjirlaridagi tartib va qoidalarni muhokama qilish hamda marketing strategiyalarini ishlab chiqishda ko’nikmalarni oshirish seminar-trening kun tartibidan o’rin oldi.

Xalqaro trener Oksana Antonova dastlab ishtirokchilarga meva-sabzavot bozoridagi global tendentsiyalar to’g’risida ma'lumot berdi. Shundan so’ng O’zbekiston meva-sabzavotchilik tarmog’i tahliliga e'tibor qaratildi.

Kun bo’yi davom etadigan seminar-treningda jozibador bozor yo’nalishlari, sinov va xatolar tahlili, mahsulotlarni bozorga chiqarish va ilgari surish strategiyalari, bozorni baholash, raqobat, xavflar va istiqbollar kabi ko’plab yo’nalishlarda ma'ruzalar eshitilib, muhokamalar o’tkazilishi rejalashtirilgan.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram