Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA YANGI TASHKIL ETILGAN O’QUV MARKAZIDA TA'LIM OLGAN O’RTA TIBBIYOT HAMDA XIZMAT KO’RSATISH SOHASI XODIMLARI GERMANIYADA MEHNAT QILISH IMKONIYATIGA EGA BO’LISHADI

×

 2022-10-10 21:15:07    400

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Farg’ona shahrida ro’yxatdan o’tgan “Valley Euro School” MChJ rahbari Karl-Xaynts Yax bilan uchrashuv o’tkazdi.

Muloqotda Farg’ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Valley Euro School” tomonidan tashkil etilgan nemis tili o’quv markazi faoliyatini tashkil etish jarayonlari haqida so’z bordi.

Germaniyalik ishbilarmon birinchi bosqichda 7 oy davomida 40 nafar tinglovchi o’qitilib, uni muvaffaqiyatli tamomlagan o’rta tibbiyot va xizmat ko’rsatish sohasi xodimlariga maxsus sertifikatlar topshirilishini qayd etdi. Nemis tilini B2 darajasi imtihonidan o’tgan Markaz bitiruvchilari kelgusida Germaniyada doimiy ish o’rinlari bilan ta'minlanadi. 2022-2024 yillarga mo’ljallangan loyiha doirasida jami 500 nafar yoshlarga nemis tilini o’rgatish hamda ularning Germaniyada bandligini ta'minlash ko’zda tutilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun “Ishga marhamat” monomarkazidan ikkita auditoriya ajratib berildi. Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev bunday tashabbuslar munosib qo’llab-quvvatlanishini, davlatlararo aloqalarni ham mustahkamlashini ta'kidladi. Uchrashuv yakunida ta'lim sohasida o’zaro hamkorlik qilish bo’yicha memorandum imzolandi.

O’quv markazida mashg’ulotlar nemis mutaxassis bilan birga tegishli til bilish darajasiga ega mahalliy o’qituvchilar tomonidan ham olib boriladi. Karl-Xaynts Yax bugun monomarkazda bo’lib, bo’lajak o’qituvchilar hamda tinglovchilar bilan dastlabki tanishuv suhbatini o’tkazdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram