Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FRANTSIYA TEKSTIL SANOATI UYUSHMASI VITSE-PREZIDENTI NORBER BLAN FARG’ONAGA KELDI

×

 2022-10-11 12:49:17    85

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Frantsiya tekstil sanoati uyushmasi (Union des Industries Textiles) vitse-prezidenti Norber Blan va uyushma boshqaruv departamenti rahbari Joel De Fonseka bilan uchrashuv o’tkazdi.

Frantsiyadagi tekstil sohasida faoliyat olib borayotgan qariyb 2200 ta kompaniyani o’zida jamlagan Union des Industries Textiles tarkibidan 23 ta hududiy va tarmoq birlashmalari o’rin olgan.

Viloyat hokimligida bo’lib o’tgan uchrashuvda Frantsiya tekstil sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda YEvropa bozorlariga Farg’onada tayyorlangan tekstil mahsulotlarini eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Iqboljon Ergashev mehmonlarga viloyatimizning eksport salohiyati, respublika to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida Farg’ona viloyatining tutgan o’rni haqida ma'lumot berdi, nufuzli S&P Global Ratings reyting agentligi tomonidan viloyatning mustahkam moliyaviy indikatorlari va yuqori iqtisodiy salohiyati uchun B+ “Barqaror” kredit reytingi berilganini ham alohida qayd etdi.

Yaqinda xalqaro “Cotton Campaign” koalitsiyasi hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan O’zbekiston paxtasi va tekstil mahsulotlariga nisbatan ilgari o’rnatilgan boykot bekor qilinganiga to’xtalgan viloyat hokimining o’rinbosari, bu YEvropa Ittifoqi bozoriga tayyor tekstil mahsulotlarining kirishiga va eksportini kengaytirishga katta imkoniyatlar ochganini ta'kidlab, Frantsiya tekstil sanoati uyushmasi bilan hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli bo’lishiga ishonch bildirdi.

Norber Blan Farg’onada ishlab chiqarilgan ip-kalava hamda bo’yalgan matolarni Frantsiyaga eksport qilish bo’yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Shuningdek, Farg’onadagi oliygohlarda tekstil yo’nalishida Frantsiya OTMlari bilan birgalikda qo’shma fakultet tashkil etish va unda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalana oladigan mutaxassislarni tayyorlash masalasida ham hamkorlikda ish olib borishga kelishildi.

To’qimachilik sohasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlar muhokamasi ham uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi. Uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram