Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TOSHLOQ TUMANI PAXTAKORLARI HAM RESPUBLIKADA PESHQADAMLAR SAFIDA MARRANI ZABT ETDILAR

×

 2022-10-17 17:27:31    60

PDF yuklash
Chop etish


Tumanda joriy yil hosili uchun 166 ta fermer xo’jaliklari tomonidan 5 ming 120 gektar maydonda belgilangan agrotexnik tadbirlar asosida g’o’za parvarishlanib, Expo Kollor Prin Teks paxta-to’qimachilik klasteri bilan o’rtacha 36,8 tsentnerdan jami 18200 tonna paxta xom ashyosi yetishtirish bo’yicha shartnomalar tuzilgan.

Bugunga kelib, tumandagi 144 ta fermer xo’jaliklarida mo’l paxta hosili yig’ilib, toshloqliklar ham yillik shartnoma rejasini bajardilar. Fermer xo’jaliklarining aksariyati birinchi terimdayoq ko’zlangan maqsadlariga erishishdi.

"Durdona baraka", "Boymat Shermatov", "Besarang gulshani", "Muqaddas" kabi ilg’or fermer xo’jaliklari tomonidan hosildorlik gektariga 40-45 tsentnerga yetkazildi.

Paxta hosilini o’z vaqtida yig’ib-terib olish bo’yicha chora-tadbirlar davomida terimchilarni jalb etish maqsadida tumandagi mavjud 51 ta mahallalarda mehnatga layoqatli ishsiz aholini paxta terimiga mehnat shartnomasi asosida ixtiyoriy jalb qilish orqali ularning bandligi va daromadi oshishini ta'minlash bo’yicha tashviqot ishlarini olib boruvchi targ’ibot guruhlari tashkil etildi.

Natijada tuman bo’yicha jami 10 ming nafar, shundan 5 ming nafar fermer xo’jaligi a'zolari, 5 ming nafar aholi vakillarining ro’yxati shakllantirilib, ular bilan belgilangan tartibda muayyan muddatdagi mehnat shartnomalari tuzildi. Tumanda yetishtirilgan paxta hosilini o’z vaqtida va sifatli yig’ib-terib olish maqsadida terimchilarning moddiy manfaatdorligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Tuman paxtakorlari terim sur'atini susaytirmay, daladagi paxtalarni yog’in-sochinga qo’ymay yig’ib-terib olishni maqsad qilishgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram