Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA-OZARBAYJON IQTISODIY HAMKORLIGIDA YANGI ISTIQBOLLAR OCHILMOQDA

×

 2022-10-17 19:45:05    67

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Turkiya Sanoatchilar va tadbirkorlar mustaqil assotsiatsiyasi (MÜSİAD)ning Ozarbayjon bo’linmasi rahbari o’rinbosari Sait Yinanch boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

Muloqotda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Ozarbayjon Respublikasi Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish agentligi o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha joriy yilning 16 sentyabr kuni imzolangan “yo’l xaritasi” doirasida Farg’ona viloyatida amalga oshirish ko’zda tutilayotgan qo’shma tadbirlar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Iqboljon Ergashev mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, Farg’ona viloyati haqida, viloyatning xorijiy davlatlar bilan aloqalari, investitsion salohiyati hamda turli sohalarda erishilgan yutuqlari to’g’risida batafsil ma'lumot berdi.

Kichik biznesni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda o’ziga xos loyiha bo’lgan Uchko’prik tumanidagi “Boboshbek” savdo va ishlab chiqarish majmuasi, bu yerda tayyorlanayotgan tekstil mahsulotlari va eksporti haqida alohida so’z bordi.

O’zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini yuqori baholagan MÜSİAD Ozarbayjon bo’linmasi rahbari o’rinbosari Sait Yinanch, ko’plab sohalarda qo’shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

1990 yilda tashkil etilgan va hozirda 13 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'ektlarini o’zida birlashtirgan Turkiya Sanoatchilar va tadbirkorlar mustaqil assotsiatsiyasi – MÜSİAD bugungi kunda dunyoning 80 dan ortiq mamlakatida o’z vakolatxonasiga ega.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram