Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDA YILIGA 450 MING TONNA TSEMENT ISHLAB CHIQARISH QUVVATIGA EGA YANA BIR TSEMENT ZAVODI ISHGA TUSHIRILDI

×

 2022-10-18 19:18:47    188

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O’zbekiston tumanidagi Kichik tagob MFY hududida “Shaffof Sement sanoat” MChJ O’zbek-Xitoy qo’shma korxonasi tomonidan qurib bitkazilgan tsement ishlab chiqarish zavodi tantanali tadbir bilan ishga tushirildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga berilayotgan ustuvor ahamiyat, yaratilayotgan sharoitlarga misollar bilan to’xtalib, yaqin o’tmishda respublika bo’yicha bor-yo’g’i 3 ta tsement zavodi faoliyat ko’rsatganini, bugun esa birgina O’zbekiston tumanida bunday korxonalar soni 9 taga yetganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qiymati 30 million dollar bo’lgan loyihaning amalga oshirilishi natijasida barpo etilgan tsement ishlab chiqarish zavodida yiliga 450 ming tonna M-400, M-500 va M-600 markali tsement ishlab chiqariladi. Korxonada ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi texnologiyalar qo’llanilgan, yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari o’rnatilgan.

1,5 yilda qurib bitkazilgan zavodda 300 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratildi. Shuningdek, 30 nafardan ziyod malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinib, ishlab chiqarish jarayonlarini yoshlarga o’rgatmoqdalar.

Qo’shma korxona ta'sischilari Runxuey Lun va Ulug’bek Toshmatov olib borayotgan tadbirkorlik faoliyatiga yuqori baho bergan viloyat rahbari, “Shaffof Sement sanoat” MChJning barcha loyihalarida yaratilgan ish o’rinlari soni 2 mingtadan ortganiga alohida e'tibor qaratdi.

Zavodning rejalashtirilayotgan ikkinchi bosqichida 80 million dollar investitsiya yo’naltirish hisobiga yillik qo’shimcha 1 million 700 ming tonna yuqori sifatli tsement ishlab chiqarish, mahsulotlarning 30 foizini eksport qilish ko’zda tutilmoqda. Natijada qo’shimcha 500 ta yangi ish o’rni yaratiladi.

Shu kunning o’zida “Shaffof Sement sanoat” MChJ tomonidan gilam va gilam mahsulotlari, kafel, un va un mahsulotlari, beton mahsulotlari, armatura ishlab chiqarish bo’yicha alohida 6 ta loyihani amalga oshirishga ham start berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram