Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONDA “ATLAS BAYRAMI” BESHINCHI XALQARO AN'ANAVIY TO’QIMACHILIK FESTIVALI BOSHLANDI

×

 2022-10-20 22:43:53    70

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahridagi Hunarmandchilikni rivojlantirish markazida “Atlas bayrami” beshinchi xalqaro an'anaviy to’qimachilik festivali tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni ochish uchun so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, barchani Atlas bayrami bilan chin yurakdan qutlab, viloyatimizga, ushbu anjumanga bo’lgan katta e'tibori uchun xorijiy mehmonlarga alohida tashakkur izhor etdi.

- Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan mamlakatimizda olib borilayotgan katta islohotlar doirasida qadimiy va boy an'analarga ega hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda, - dedi viloyat rahbari.

Bu borada viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarga qisqa to’xtalib o’tgan Xayrullo Bozorov, joriy yilning o’zida 13 ta tumanda yangi “Hunarmandlar markazlari” qurib bitkazilgani, ushbu markazlarda to’qimachilik yo’nalishining o’zida 4000 ta yangi ishchi o’rin yaratilganini alohida qayd etdi.

Marosimda videoaloqa orqali nutq so’zlagan YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Marg’ilon atlas va adras sa'natining jahon hunarmandchiligida tutgan katta o’rniga alohida urg’u berdi.

Festival arafasida Marg’ilon uchun yana bir muhim voqea yuz berdi - Butunjahon hunarmandlar kengashi tomonidan Marg’ilon shahriga “Jahon hunarmandlari shahri” degan yuksak unvon berildi. 

Bugungi ochilish marosimida so’z olgan Butunjahon hunarmandlar kengashi Prezidenti Saad al-Qaddumiy Marg’ilon shahar hokimi Adham Ziyavitdinovga “Jahon ipak va ikat hunarmandlari shahri” sertifikatini tantanali topshirdi. Bugungi kunda dunyoning 4 ta qit'asidan 57 ta shahar bunday e'tirofga sazovor bo’lgan.

Xalqaro “Atlas bayrami” beshinchi to’qimachilik festivalida dunyoning 21 ta davlatidan 90 ga yaqin mohir dizaynerlar, taniqli madaniyat arboblari, san'atshunos olimlar, 50 nafardan ziyod Respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda. 

Uch kun davom etadigan festival davomida Marg’ilonning barcha xiyobon va maydonlarida xalq sayllari, askiya va katta ashula ijrochiligi, kurash musobaqalari, dorbozlik, qo’g’irchoqbozlar chiqishlari, “Hunarmandlar shaharchasi”da hunarmandchilik buyumlari namoyishi, mahalliy va xorijiy dizaynerlarning liboslar namoyishlari, to’qimachilik ustalarining mahorat darslari, ko’rgazma va ilmiy-amaliy anjumanlar bo’lib o’tadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram