Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GRANT TANLOVI E'LON QILINADI

×

 2022-10-26 12:20:24    222

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Inson qadri ulug’langan yurtda sog’lom avlod barqarorligi ta'minlanadi” mavzusida quyidagi yo’nalishlarda davlat granti uchun 3-tanlovi e'lon qilinadi:

1. Jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo’lgan hamda davolanish va sog’lomlashtirishga muhtoj bo’lgan bolalarga ijtimoiy kafolatlarni ta'minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta'lim va tarbiya (shu jumladan, inklyuziv) olishlariga ko’maklashuvchi mos muhitni yaratish.

- Ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 1-sinfga qabul qilingan o’quvchilarni aniqlash. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan (ko’zi ojiz, imkoniyati cheklangan nogironligi bor) bolalarning ta'lim va tarbiya olishlariga ko’maklashuvchi mos muhitni yaratish;

- O’quvchilarni maxsus o’quv qurollari to’plami (temir daftar (pribor), grifel, brayl harf - kubiklari, azbuka - kolodka, brayl chizgichlar to’plami va boshqa o’quv qurollari) bilan ta'minlash, o’quvchilarni ta'lim va tarbiya olishlariga ko’maklashuvchi ma'rifiy-ma'naviy tadbirlar tashkil etish;

- Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish, jarayonni OAV da yoritish hamda g’oliblarni munosib tarzda taqdirlash.

2. Chekka va chegaraoldi mahallalardagi yoshlarning ma'naviyatini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida kutubxona tashkil etish.

- Kutubxona tashkil etiladigan MFYda hududdagi binoning xonalarini moslashtirish va boshqa zarur tayyorgarliklarni amalga oshirish;

- Aholi, ayniqsa, hududdagi yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish, Vatanga va tarixga bo’lgan muhabbatlarini yanada oshirishga xizmat qiluvchi turli mavzulardagi huquqiy, siyosiy, badiiy va diniy-ma'rifiy mazmundagi adabiyotlar bilan to’ldirish;

- Kutubxona faoliyati haqida MFYlarda aholi vakillari hamda hududdagi ta'lim muassasalarida o’quvchilr o’rtasida keng targ’ibot tadbirlarini olib borish, kitobxonlikni targ’ib etishga qaratilgan ko’rik - tanlovlar tashkil etish va g’oliblarni munosib taqdirlash;

- Kutubxonani loyiha muddati yakunlanganidan keyin ham faoliyat olib borishi yuzasidan hududiy mas'ullar bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar tashkil etish orqali “Ajdodlar jasorati – avlodlarga namuna” mavzusida lavhalar, roliklar tayyorlash hamda hududlarda yoshlar ishtirokida ushbu lavha hamda roliklarning targ’ibotlarini amalga oshirish orqali jamiyatda aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida ajdodlarga hurmat va Vatanga muhabbat ruhini yuksaltirish.

- Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar tashkil etish va “Ajdodlar jasorati – avlodlarga namuna” mavzusida lavhalar hamda roliklar tayyorlash yuzasidan tashkiliy masalalarni hal etish;

- Loyiha davomida lavha (8-10 daqiqa davom etuvchi) hamda roliklar (1-2 daqiqa davom etuvchi) tayyorlash va uni tashkil etilgan ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish bo’yicha kuzatuvchilari ko’p bo’lgan ijtimoiy tarmoqlar va saytlar bilan hamkorlikni keng yo’lga qo’yish;

- Ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan sahifalar orqali joylab borilayotgan lavha va roliklarni ta'lim muassasalari, turli korxona hamda tashkilotlarda targ’ibotlarni amalga oshirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida ajdodlarga hurmat va Vatanga muhabbat ruhini yuksaltirishga xissa qo’shish.

4. “Tarixni bilmay turib, kelajak qurolmaysan” mavzusida aholi, aniqsa, yoshlar o’rtasida turli radioviktorina, televiktorina hamda insholar tanlovlarini tashkil etish.

- “Tarixni bilmay turib, kelajak qurolmaysan” mavzusida viloyatdagi umumta'lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida insholar tanlovini o’tkazish, g’oliblarni munosib taqdirlash va tanitish;

- “Tarixni bilmay turib, kelajak qurolmaysan” mavzusida viloyatdagi radiolar bilan hamkorlikda radioviktorina tashkil etish va g’oliblarni munosib taqdirlash;

- “Tarixni bilmay turib, kelajak qurolmaysan” mavzusida viloyatdagi TVlar bilan hamkorlikda televiktorina tashkil etish va g’oliblarni munosib taqdirlash.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining telegramdagi “Farg’ona NNT” (https://t.me/+sWntIjkWE9o5Y2My) guruhiga joylashtirilgan talablar shaklida to’ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o’zgartirish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nushasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo’llab-quvvatlash xatlari;

7. Tashkilotni hududiy Davlat soliq inspektsiyasidan qarzdor emasligi haqida ma'lumotnoma.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 mln. so’mgacha.

Hujjatlarni qabul qilish 2022 yil 25 oktyabr kunidan 25 noyabr kunigacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov bo’yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): Farg’ona shahri B.Marg’iloniy ko’chasi 105-uy manzilidagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyining 1-qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga yuborilishi so’raladi.

Ma'lumot uchun telefon: (93) 732-77-87, (99) 002-75-00, (91) 665-08-98


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram