Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 229 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT RAHBARI “UZ-HANWOO ENGINEERING” KORXONASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN MAHALLIYLASHTIRISH LOYIHALARI BILAN TANISHDI

×

 2022-10-27 12:30:40    424

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi sobiq Mexanika zavodi hududida joylashgan “Uz-Hanwoo Engineering” MChJ qo’shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. “O’zavtosanoat” AJ hamda Koreyaning “HANWOO Global” kompaniyasi ta'sischiligidagi ushbu korxonada avtomobillar uchun 30 xildan ortiq butlovchi detallar va yordamchi materiallar ishlab chiqariladi. Bu yerda 170 nafardan ziyod ishchi-xizmatchilar mehnat qilmoqda.

Korxonaning ishlab chiqarish hajmi yiliga 3 000 000 dona qoliplovchi detallar, 300 000 dona domkratlar, 5000 dona gazballon uchun kronshteyn, 100 dona texnologik koliplar va boshqa turli xil metall konstruktsiyalarni tashkil etadi. Joriy yil 9 oyi davomida qariyb 11 milliard so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgani ma'lum qilindi.

Korxona rahbarlari viloyat hokimiga amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish loyihalari haqida ma'lumot berdi. Avvallari avtomobillar detallari uchun texnologik qoliplar xorijdan olib kelingan bo’lsa, joriy yilda mahalliylashtirish dasturi orqali texnologik qoliplarni korxonaning o’zida ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

Ichki imkoniyatlarni to’la ishga solish, import bo’layotgan ayrim mahsulotlarni o’zimizda ishlab chiqarish orqali sanoatni yanada rivojlantirishga, iqtisodiyot barqarorligini ta'minlashga erishish mumkinligiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirishga har tomonlama amaliy yordam berilishini ta'kidladi.

Korxona mutasaddilari Shvetsiyaning ABB (Asea Brown Boveri) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va namuna uchun olib kelingan sanoat roboti, uning imkoniyatlari to’g’risida ma'lumot berdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram